HTC yilning oxirigacha yana uchta smartfon chiqaradi (+video)

  •   DiMaX
  •  1100
  •  20.09.2017 11:52

HTC yilning oxirigacha yana uchta smartfon chiqaradi (+video)

HTC kompaniyasi 2017 yilning yakuniga qadar yana uchta smartfon taqdim etishni rejalashtirgan. Bu to‘g‘rida Corn Chen nikli foydalanuvchi o‘z Twitter akkauntida xabar bergan.

Manbaning ma’lum qilishicha, kodli nomlari HTC Ocean Master va Ocean Harmony bo‘lgan modellar noyabrda, Ocean Lite deb atalayotgani esa dekabr oyida taqdim etiladi.

Shuningdek, u mazkur qurilmalarning ayrim xususiyatlarini ham oshkor etgan. Unga ko‘ra, Ocean Master modelining displeyi 6 dyuymlik, kameralari esa 12 va 4 megapikselli bo‘ladi. Uning tezkor xotirasi 4 yoki 6, ichki flesh-xotirasi esa 64 yoki 128 gigabaytlik bo‘lishi aytilgan. Ocean Lite esa 5,2 dyuymlik displeyga, 4/64 gigabaytlik tezkor va doimiy xotiraga ega bo‘lishi taxmin qilingan. Ocean Harmony ekrani diagonali 6 dyuymni, tezkor va doimiy xotirasining hajmi esa tegishlicha 4 va 64 gigabaytni tashkil etadi.

Taniqli insayder Evan Blass esa bu turkumga bag‘ishlab tayyorlangan videolavhani ham e’lon qilgan. Marhamat, o‘zingiz tomosha qiling:

Bu haqdagi yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib borish uchun bizdan uzoqlashmang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!