HTC yon tugmalari bo‘lmagan smartfonlarni tayyorlamoqda

HTC yon tugmalari bo‘lmagan smartfonlarni tayyorlamoqda

So‘nggi paytlarda Tayvannig HTC kompaniyasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan nashrlarda kompaniyaning HTC Ocean smartfonlar seriyasini tayyorlayotgani borasida xabarlar tarqaldi. Masalan, kecha HTC dizayneri Daniyel Vermyulen saytida HTC Ocean seriyasidagi bir qator smartfonlarning konseptlari nashr etilgan. Ushbu smartfonlar boshqa sanoatdagi mavjud analoglaridan yon tugmalarning yo‘qligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, smartfonlar qo‘sh kameraga ega bo‘lishi ham mumkin.

htc-ocean

Hozircha ma’lum etilgan tafsilotlarga ko‘ra, tayvanlik kompaniya bir emas, bir yo‘la uch mana shunday telefonlarni tayyorlamoqda. Smartfonlarga Ocean Master, Ocean Note va Ocean Smart loyiha nomlari berilgan. Lekin reliz vaqtida mazkur telefonlarning sotuvdagi nomi loyiha nomidan farq qilishi mumkin. Albatta, Ocean Note seriyadagi boshqa smartfonlarga qaraganda kattaroq bo‘lishi mantiqqa yaqin. Ammo Ocean Master va Ocean Smart to‘g‘risida biror fikr bildirishga hali erta.

Ushbu smartfonlarda yon tugmalar o‘rniga ko‘p funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan sensorlardan foydalaniladi. Agar ushbu ma’lumotlar tasdiqlansa, bu innovatsiya smartfon sanoatida katta yangilikka aylanishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!