HTC10: zamonamizning yana bir “kuchli” smartfoni namoyish qilindi

HTC10: zamonamizning yana bir “kuchli” smartfoni namoyish qilindi

Bir yog‘i Tayvan va bir yog‘i Buyuk Britaniyaga tegishli bo‘lgan HTC kompaniyasi nihoyat uzoq kutilganidan so‘ng o‘zining navbatdagi HTC 10 flagmanini namoyish qildi. 2K texnologiyasidagi super LCD 5 displey, alyuminiy korpus, eng so‘nggi, 8 yadroli innovatsion Qualcomm Snapdragon 820 protsessori bilan “qurollantirilgan” HTC 10 zamonamizning eng kuchli  Samsung’ning Galaxy S7, LG’ning G5, hamda Apple’ning hali taqdim qilinmagan iPhone 7 smartfonlariga qarshi maydonga chiqdi.

HTC 10

HTC 10 Dolby Surround Sound’ning yangi audio tizimi – BoomSound texnologiyasi bilan ta’minlangan. Qurilmaning “HTC 10 Lifestyle” deb nomlangan talqini Qualcomm Snapdragon 652 protsessoriga ega.

HTC 10 smartfonida 5.2 dyuymli Quad HD, ya’ni 2560 x 1440 piksel sig‘imiga ega displey, Qualcomm’ning 2.2 Ggs tezligida ishlaydigan innovatsion Snapdragon 820 protsessori va 4 GB tezkor xotira, 32 GB doimiy xotira, 2 TBgacha qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydigan micro-SD bo‘lmachasi mavjud.

HTC 10

HTC 10 Gorilla Glass qayrilma sohilli himoya shisha qatlamiga ega.

HTC 10 flagmani HTC’ning Ultrapixel texnologiyasi tatbiq qilingan 12 MP bosh kamerasi bilan maqtana oladi. Mazkur texnologiya smartfonga hatto tasvirni yaqinlashtirganda ham aniq-tiniq surat olish imkonini beradi. Uning old kamerasi 5 MP Har ikkala kamera optik surat barqarorligi funksiyasiga ega.

HTC 10

Smartfonning optik barqarorlik tizimiga ega f/1.8 diafragmali orqa va old ob’yektivli ilk qurilma ekanligi aytilmoqda. Uning kameralari 12 million ultra piksel belgilarni farqlay oladi.

Flagmanning orqa kamerasi 4K formatida tiniq video tasvir yozish qobiliyatiga ega.

HTC kompaniyasining ma’lum qilishicha, yangi mobil qurilmadagi quad HD displeydagi namoyishning yorqinligi oldingi shu turdagi displeydan 30 foiz yorqin va ranglar jilolanishi 50 foizga yuqori.

HTC-10

HTC 10 Android 6 operatsion tizimining HTC Sense talqinida faoliyat ko‘rsatadi.  HTC kompaniyasining ma’lum qilishicha, smartfonda tatbiq qilingan barcha ilovalar yangi ishlab chiqilgan va ko‘chirilgan emas.

Mobil qurilma akkumulyatorining sig‘imi 3000 mA soat. Kompaniyaning va’da berishicha, bu quvvat qurilmaga 27 soatlik aloqa qilishi uchun xizmat qiladi. Quick Charge 3.0 texnologiyasi esa 30 daqiqa ichida smartfon quvvat toshini 50 foizga to‘ldiradi. Smartfonni USB Type-C porti orqali quvvatlash mumkin.

HTC 10

Unda Bluetooth 4.0, Wi-Fi 802.11, barmoq izlari skaneri va boshqa texnologiyalar joriy qilingan.

Kompaniyaning rasmiy veb-sahifasida HTC 10 smartfoniga oldindan buyurtma berishning bahosi $699 dollar etib belgilangan. Smartfon may oyidan boshlab yetkazib beriladi. Bir yil mobaynida ekrani darz ketgan yoki suv ta’sirida zararlangan qurilmalar bepul ta’mirlab berilishi ma’lum qilingan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!