Huawaei Honor 10’ ning oddiy va arzon versiyasini sotuvga chiqarmoqda

  •   Saroy
  •  1817
  •  28.05.2018 12:42

Huawaei Honor 10’ ning  oddiy va arzon versiyasini  sotuvga chiqarmoqda

Xitoyning TENAA kompaniyasi tarqatgan xabarda aytilishicha, tez orada Honor 10 Lite smartfoni sotuvga chiqadi. U Honor 10’ning yanada soddalashtirilgan va arzon versiyasi bo‘ladi.

Yangi qurilma formati 2280×1080 nuqtali, sakkizyadroli  SoC  va chastotasi 2,36 GGs’dan iborat bo‘lgan 5,84-dyuymli displeyga ega. 4 GB tezkor xotirasi bor va ichki xotirasi 64 GB.   256 GB’gacha bo‘lgan microSD kartasi ham mavjud.

O‘QING: Honor 10: flagman yarim narxida taqdim qilindi

Kamera esa oddiyroq bo‘ladi. Agar Honor 10’da asosiy kamerasi ikki modulli 16 va 20 Mp hamda 24-megapikselli, ichida  II o‘rnatilgan old kamera bo‘lsa, Lite-versiyasida aossiy kamera 13 Mp + 2 Mp bo‘ladi.

Akkumulyator sig‘imi ham  2900 mAch’gacha qisqargan. Shuningdek, qurilmada  barmoq izlari  skaneri va OS Android 8.0 Oreo ham bor.

Smartfonni uch xil rangda –ko‘k, qora va kulrangda chiqarish rejalashtirilgan.

Yangi qurilmaning narxi hozircha noma’lum, biroq shuni ham eslatib o‘tmoqchimizki,  4 GB OZU’si  bo‘lgan Honor 10  uchun 400 yevro  so‘ralgandi.

O‘QING: «Malika»dagi eng hamyonbop Xiaomi smartfonidan ham arzon, tag‘in romsiz Honor 7 taqdim etildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.