Huawei 150 dollarlik Huawei Y5 smartfonini taqdim qildi

Huawei 150 dollarlik Huawei Y5 smartfonini taqdim qildi

Huawei kompaniyasi Y5 nomli telefon modelini taqdim qildi. Bu 2016 yildan boshlab ishlab chiqarilayotgan Y5 II smartfonining “merosxo‘ri” bo‘lib, ko‘plab yaxshi jihatlarga ega. Jumladan, 5 dyuymli HD ekran piksellar sig‘imi 1280×720p belgiga teng. Smartfon Android 6.0 Marshmallow’ning o‘zlashtirilgan EMUI 4.1 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Huawei korpusning o‘ng tomonidan joy olgan Easy Key nomli tugmachani smartfonning o‘ziga xosliklaridan biri sifatida e’tirof etmoqda. Uning yordamida, ya’ni tezkor bir marta yoki ikki marta bosish orqali, bir fursat bosib turish orqali tez-tez foydalaniladigan ilovani, misol uchun kamerani yoki fonarni tezkor ochish mumkin bo‘ladi.

2 sim-kartali Huawei Y5 smartfoni bu yil hamyonbop “aqlli smartfon” bozorida kompaniyaning manfaatlarini himoya qiladi. Kopus qalinligi 8.45 mm bo‘lgan yupqa va orqa paneli tekstura uslubida g‘adir-budur bo‘lgan gadjet 150 gramm vaznga ega. Hamyonbop smartfonlar qatoriga kiruvchi Huawei Y5’ning xalqaro bozorda 150 AQSh dollaridan sotilishi kutilmoqda.

Yangi gadjetga samarali faoliyat tizimiga ega bo‘lgan, 1,4 GGs chastotata tezligida ishlaydigan 4 yadroli MediaTek MT6737T protsessori hamda Mali-T720 videokartasi o‘rnatilgan. Devaysga 2 GB tezkor va 16 GB doimiy ichki xotira o‘rnatilgan. Ikkinchi sim-karta o‘rnidagi MicroSD bo‘lmachasi yordamida Huawei Y5 ichki xotirasini 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

Huawei Y5 aloqaning 4G LTE, Wi-Fi (802.11b / g / n), Bluetooth 4.0, GPS / AGPS / GLONASS tarmoqlarida ishlaydi. Unda microUSB porti, orqaliq-masofa sensori, raqamli kompas, yorug‘lik sensorlari mavjud.

Devaysning akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat. Huawei ma’lumotlariga ko‘ra, bu quvvat Huawei Y5’ning 1.5 kun faoliyat ko‘rsatishi uchun yetadi. Shuningdek, bu “quvvat toshi” 800 marotabalik quvvatlashdan keyin ham o‘zining quvvat sig‘imining 80%ini saqlab qola oladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!