Huawei 230 dollarlik smartfonni sotuvga chiqardi

Huawei 230 dollarlik smartfonni sotuvga chiqardi

Huawei kompaniyasi bugun Mate 50 seriyasining taqdimotini o‘tkazadi. Ammo bundan oldin kompaniyaning do‘konida yangi smartfon - Huawei nova 10z modeli paydo bo‘ldi.

Ushbu 64MP asosiy kameraga ega smartfonning narxi 230 dollardan boshlanadi. Yangi smartfon ko‘proq Huawei nova 8 SE Youth modeliga o‘xshaydi, faqatgina u yaxshiroq kameralarga ega.  

Nova 8 SE Youth kabi nova 10z modeliga ham 1080p rezolyusiyadagi 6.6 dyuymli LCD displeyi o‘rnatilgan. Displey yuqori qismining markazida esa 16MP selfi kamera joylashgan. Huawei smartfon faqatgina 8 yadroli chip bilan jihozlanganligi haqida ma’lumot berdi. Katta ehtimol bilan bu nova 8 SE Youth modelidagi Kirin 710A chipi bo‘lsa kerak. 

Qurilma 128GB yoki 256GB doimiy xotiraga ega. Tezkor xotiraga oid hech qanday ma’lumot berilmadi. Smartfonning asosiy nuqtasi bu uning kamerlari. Orqa paneldan f/1.9 diafragmadagi 64MP asosiy kamera, f/2.4 diafragmadagi 8MP ultrakeng kamera va 2MP makro kamera o‘rin olgan.

Huawei nova 10z modeli 40 vattda quvvat oluvchi 4,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Smartfonda 3.5 mm audio jek mavjud. Gadjet Xitoy bozori uchun sotuvga chiqqan. Uning uch xil: qora, oq va yashil rangli turlari mavjud. Narxi esa quyidagicha:

128GB - 230 dollar

256GB - 260 dollar.

O‘QING: iPhone 14 Pro Max uchun chiqariladigan g‘iloflar 13 Pro Max'ga mos keladimi? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!