Huawei Android 7.0 Nougat‘ga yangilanadigan qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi

Huawei Android 7.0 Nougat‘ga yangilanadigan qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi

Sony, Samsung. HTC va boshqa bir nechta smartfon ishlab chiqaruvchilar o‘z brendi ostidagi qurilmalarni Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilamoqdalar yoki ularning yangilanish muddatlarini e’lon qilmoqdalar. Smartfon savdosi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadigan Huawei kompaniyasi ham bu borada orqada emas. Kuni kecha xitoylik gigant EMUI 5.0 interfeysi bilan birga Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadigan qurilmalar ro‘yxatini ommalashtirdi.

Phonearena saytining ma’lum qilishicha, ro‘yxatda keltirilgan barcha qurilmalar 2017 yilning 1 choragida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadilar. Birinchi bo‘lib Huawei Mate 8 va Huawei P9 flagmanlari navbatdagi Android versiyasiga yangilanishi kutilmoqda.

Quyida Android 7.0 Nougat versiyasiga yangilanadigan modellar keltirilgan:

  • Huawei Mate 8
  • Huawei P9
  • Huawei P9 Plus
  • Huawei P9 lite
  • Huawei Nova
  • Huawei Nova Plus

Hozircha Xitoy kompaniyasi aynan yuqoridagi modellarni navbatdagi Android versiyaga yangilashni rejalashtirgan. 2017 yilda Huawei boshqa smartfonlar uchun ham Android 7.0 Nougat dasturini chiqarishi mumkin. Lekin hozircha ularning nomi ma’lum emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!