Huawei Android 8.0 Oreo'ni yuklash mumkin bo‘lgan smartfonlarni e’lon qildi

Huawei Android 8.0 Oreo'ni yuklash mumkin bo‘lgan smartfonlarni e’lon qildi

Jahonning yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Huawei kompaniyasining mobil aloqa vositalaridan sayyoramiz bo‘ylab millionlab odamlar foydalanadi. Jumladan, bu brend O‘zbekistonda ham ma’lum va mashhur.

Kecha Xitoyning bu korporatsiyasi o‘zining Android 8.0 Oreo operatsion tizimiga yangilanadigan mobil aloqa vositalarini rasman ma’lum qildi.

Huawei kompaniyasining rasmiy saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, firmaning o‘zlashtirilgan EMUI 8.0 proshivkasi Android 8.0 Oreo bazasida ishlab chiqarilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, hozircha EMUI 8.0 proshivkasini quyidagi smartfon modellaridan foydalanuvchilar yuklab olishlari mumkin:

Honor 7X
Honor 8
Honor V8
Honor Note 8
Honor 8 Lite
Honor 9
Honor 9 Lite
Honor V9
Honor V10

Kompaniyaning xabar berishicha, hozircha mana shu 9 ta model eng ilg‘or operatsion tizimga ega bo‘lgan.

Eng hayratlanarli jihati shundaki, kompaniya boshqa smartfon modellari uchun yangi operatsion tizimni ishlab chiqarmoqchi emas. Kompaniya saytida boshqa modellar texnik jihatdan imkoniyatlari yetmagani sababli Android 8.0 Oreo tizimida ishlamasligini ma’lum qilgan.

Bunga ishonish qiyin. Boisi, hatto Galaxy S2 va Galaxy S3 kabi allaqachon eskirib ketgan smartfonlar ham bu ilg‘or tizimga o‘tayotgan bir paytda, xitoylik korporatsiyaning bu da’vosi asosli emas.

Aftidan Huawei o‘zining Honor brendi bilan "til biriktirib" yuqoridagi smartfonlari savdosini yaxshilamoqchi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!