Huawei bu yilgi Mate 10 flagmanining narxini oshirmaydi

Huawei bu yilgi Mate 10 flagmanining narxini oshirmaydi

Xitoy smartfonsozlari to‘g‘risida gap ketganida, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida “ko‘chirmakashlik” bilan shug‘ullanayotgan brendlar gavdalanadi. Misol uchun, Apple iPhone 7’da 3.5 mm.li an’anaviy audio tuynukdan voz kechgach, Xiaomi ham undan so‘ng Mi6’ni bu konnektordan mahrum qildi. Yoki Xiaomi ilk marotaba romsiz Mi MIX’ni taqdim qilgach, hammayoqni romsiz displeyli smartfonlar bosib ketdi.

Insayderlarning yozishlaricha, Huawei ham ularning ortlaridan, joriy yilning 2-yarim yilligida old paneli faqat displeydan iborat Huawei Mate 10 devaysini taqdim qiladi. Shuningdek, suv ta’siriga chidamli korpusda 3,5 mm.li qadrdon audio quloqchin tuynugi ham bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bu dizayn yechimi smartfondan taraladigan ovoz sifatini yanada yaxshilanishiga sabab bo‘lar ekan.

Flagman 6 gigabaytli tezkor xotirada faoliyat ko‘rsatadi. 4900 mA soatlik akkumulyatorga ega smartfonda 4 ta kamera mavjud bo‘ladi. Yana bir muhim jihati — unda Amazon Alexa virtual yordamchi tizimi va kompaniya tomonidan yaratilgan sun’iy aql tizimi o‘rnatiladi.

Ayni paytda internet tarmog‘ida tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi flagmanda 10 nanometrli texnik jarayonda ishlaydigan Kirin 970 protsessori hamda sig‘imi 2560x1440 piksel bo‘lgan ekran o‘rnatiladi. Huawei Mate 10’ing 2016 yilning flagmanlari narxida, ya’ni $599.99 dollardan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!