Huawei – eng ko‘p foyda ko‘radigan Android-smartfon ishlab chiqaruvchisi

Huawei – eng ko‘p foyda ko‘radigan Android-smartfon ishlab chiqaruvchisi

Bundan bir necha oy ilgari Xitoyning Huawei kompaniyasi tez orada Samsung va Apple‘dan o‘tib, jahon smartfon bozorida yetakchilikni qo‘lga olishi haqida ma’lum etganida ushbu xabar biroz mubolag‘ali tuyulgan edi. Biroq so‘nggi natijalar xitoylik gigantning to‘g‘ri yo‘nalishda borayotganini isbotlamoqda.

Jumladan, mobiltelefon nashrining Strategy Analytics agentligiga tayanib xabar qilishicha,  Huawei 2016 yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p foyda ko‘radigan Android-smartfonlar ishlab chiqaruvchisiga aylangan. Mutaxassislarning qayd qilishicha, Samsung Galaxy Note 7 bilan sodir bo‘lgan salbiy hodisa ham bunga ta’sir qo‘rsatgan.

huawei_revenue_samsung

Misol uchun, Huawei so‘nggi chorakda smartfonlar savdosidan 200 mln dollar daromad ko‘rib, smartfonlar bozoridagi umumiy foydaning 2,4 foiziga egalik qildi. Samsung esa Android-smartfon ishlab chiqaruvchilari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa tushib ketgan. Oppo va Vivo firmalari Huawei‘dan keyingi o‘rinlarni band qilishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!