Huawei GR3: 1.3 mln so‘mlik gadjet nimalarga qodir?

Huawei GR3: 1.3 mln so‘mlik gadjet nimalarga qodir?

Ba’zi bir qimmatbaho smartfonlarga qiziquvchi, bor-yo‘g‘ini yig‘ib-terib, flagman sotib olishga oshiqadigan odamlarni tushunish qanchalar qiyin bo‘lsa, “telefon degani shunchaki aloqaga yarasa bo‘ldi-da” deydiganlarni anglash ham bugungi zamonda bir oz mushkul. Biroq, bu ikkala daraja o‘rtasida turadigan “oltin o‘rtalik”dagi mobil aloqa vositalari ham bor. Ular ko‘rinishidan flagmanlarni eslatadi, funksionl imkoniyatlari ham hamyonbop smartfonlar orasida ilg‘or. Shunday qilib, 2016 yildagi “oltin o‘rtalik”ning bebaho smartfoni — Huawei GR3’ni qarshi oling!

Dizayn va material

Korpusi to‘liq alyuminiy qotishmasi metallidan tayyorlangan, metall yuzasi misoli qumpurkagich bilan nafis qilib o‘ziga xos qum zarrachalaridan iborat dizaynda tayyorlangan smartfonni ko‘rganda, uning flagman gadjetlardan biri bo‘lsa kerak, deb o‘ylaymiz.

Aslida esa, bizning Huawei GR3 mana shunday maxsus dizayn va jihatli kamtarin smartfon.

Smartfon bo‘yiga 143.5, eniga 71.0, qalinligi 7.6 mm. U 135 gramm tosh bosadi.

Huawei GR3 kulrang, kumush va tilla rang korpusli talqinlarda ishlab chiqarilmoqda.

Ekran

Huawei GR3’ning 5 dyuymli, IPS-matritsali displeyi hamyonbop smartfonlarga xos ravishda  HD sig‘imli. Uning burchak kengligi deyarli 180º, ekran quyoshda yo‘qolib qolmaydi va yorqinligicha qoladi. Ekranning rang uzatishi joyida. Uning  720 x 1280 belgiga teng piksel sig‘imini aytmaganda, hammasi zo‘r. Lekin, 5 dyuymli telefon apparati uchun HD sig‘imi — yetarli. Biroq, undan virtual voqelik ko‘zoynagida foydalanib bo‘lmaydi, aniqrog‘i suratlar VR-texnologiya shlemida ko‘ngildagidek chiqmasligi mumkin. Ekran pishiq himoya shishasi, dog‘-dug‘dan himoya qiluvchi qoplama bilan ta’minangan.

 

Platforma samaradorligi

O‘rta narxli smartfonlar ba’zida zamonaviy o‘yinlar uyoqda tursin, ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. Albatta, Huawei GR3’ni World of Tanks Blitz, Asphalt 8, N.O.V.A. 3 kabi grafik-tasvirga boy o‘yin ishqibozlariga tavsiya qilmaymiz.

Huawei GR3 smartfoni 64 bit, 8 ta Cortex-A53 yadrosiga ega MediaTek MT6735Tchipseti bilan ta’minlangan. Uning chastota tezligi 1,5 GGs. Smartfondagi grafik-tasvir uchun Mali-T720 videokartasi va WorldMode LTE-modemi mas’ul.

Platforma 2015 yilda hamyonbop smartfonlar uchun taqdim qilingan edi. LTE-smartfonlarga mo‘ljallangan MediaTek MT6735T protsessori Full HD-displey va 16 megapikselli kameralarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq, Huawei smartfonni qimmat qilib yubormaslik uchun bu kabi qimmat qismlardan foydalanmagan.

Huawei GR3’ning tezkor xotirasi 2 gigabayt, doimiy xotirasi 16 gigabayt. microSD qo‘shimcha xotira fleshkasi orqali xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin.

Kamera

Huawei GR3 kamerafon sifatida yomon emas. 13 megapikselli bosh kamera fotochaqnoqqa ega. Smartfon old kamerasi 5 megapikselli.

Unda olingan suratlar yaxshi. Shuningdek, undan o‘ziga xos biror mo‘’jiza kutish ham — xato.

Boshqa tomondan, hozir taniqli brendlarning hamyonbop smartfonlari orasida 13 megapikselli bosh kameraga ega “aqlli telefon”ni topish qiyin.

Kamera imkoniyatlariga quyidagi suratlarga qarab baho bering.

Aloqa

Huawei GR3’da bugungi aloqaning imkoniyatlari joriy qilingan – Wi-Fi, Bluetooth, GPS/Glonass. Smartfonning o‘ziga xosligi –  LTE Cat. 4 (ma’lumotlar uzatish tezligi sekundiga 150 Mbit.gacha) hamda 2 ta SIM-kartani qo‘llab-quvvatlashida.

Dasturiy ta’minot

Huawei GR3 smartfoni Android 5.1 Lollipop operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Aniqrog‘i, unda firmaning Emotion UI 3.1 Lite nomli interfeys o‘rnatilgan.

Operatsion tizim ixcham va sodda, qaysidir jihatlari bilan «olma»ning iOS tizimini eslatib yuboradi. Bu yerda ilovalar menyusi mavjud emas, barcha ilova ramzlari bosh menyudan o‘rin olgan.

Akkumulyator imkoniyati

Uning akkumulyator sig‘imi 2200 mA soat. O‘rtacha foydalanganda bu unga 1 kun davomida ishlashi uchun kifoya qiladi.

Xulosa

Shunday qilib, Huawei GR3 qimmatbaho korpus, yaxshi ekran, o‘rtacha protsessor va narxidan yaxshi  kameraga egaligi, LTE-tarmoqni qo‘llab-quvvatlashi bilan o‘ziga xos.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 1,6 млн сўм Sotib olish
"Малика" савдо мажмуаси 1.3 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!