Huawei GR5 2017 egalari Nougat tizimini yuklab olishlari mumkin

Huawei GR5 2017 egalari Nougat tizimini yuklab olishlari mumkin

Internet tarmog‘ida Huawei GR5 smartfonining 2017 yilda taqdim etilgan talqini egalari tomonidan kompaniya ularga Android 7.0 Nougat tizimining o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqinini yangilab olish imkonini yaratgani to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilinmoqda.

Siz ham 2017 yilga mansub Huawei GR5 smartfonidan foydalansangiz, operatsion tizimni Android 7.0 Nougat’ga yangilab oling. Natijada, foydalanuvchi interfeysidagi takomillashgan “kliner”, ya’ni keraksiz fayllarni tozalash ilovasi, namoyish ilovalarining qulayliklari hamda qurilma xavfsizligini ta’minlaydigan yangi jihatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shuningdek, Huawei kamera ilovasining faoliyatini ham boyitgan. Endi kamerada olingan suratlar yanada tabiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Qulay Huawei Share funksiyasi yordamida WiFi hamda Bluetooth orqali Huawei smartfonidan boshqa Huawei smartfoniga fayllarni yanada tezkor o‘tkazish imkoni mavjud.

Smartfonga yangi talqinni yuklab olish uchun barqaror va sifatli internet hamda kamida 50 foiz quvvatga ega akkumulyator bo‘lsa, “sozlamalar” orqali “tizimni yangilash bo‘limi”ga kiring va “yangilash” tugmasini bosing.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!