Huawei ham Apple va Google'dek "havodan pul qilish"ni boshladi

Huawei ham Apple va Google'dek

Bir necha yillar avval Apple kompaniyasi "havodan pul qilish"ni boshlagan edi. «Made for iPhone» dasturi doirasida begona ishlab chiqaruvchilar iPhone, iPad hamda iPod Touch uchun aksessuarlar ishlab chiqarsalar, o‘z mahsulotlarini Apple'ning ro‘yxatidan o‘tkazishlari kerak bo‘lar edi. Buning evaziga "amriqolik gigant" ularga o‘z nomini mahsulotga urish huquqini beradi. Va, bu xizmat arzonga tushmaydi. Aniqrog‘i bu xizmat uchun shunchaki ro‘yxatga olinganlik uchun pul to‘lanmaydi.

Ishlab chiqaruvchi har bir ishlab chiqarilgan chexol, himoya plenkasi, audio-quloqchin va xohlagan mahsulotning donasidan brendga pul to‘lashi zarur. Shu yilning oktyabridan Google ham bunday "tomib" turadigan manbani yo‘lga qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, Pixel 2 va Pixel 2 XL flagman smartfonlari bilan birga, amerikalik Google korporatsiyasi «Made for Google» xizmatini ishga tushirgan edi.

Huawei ham ularning ortidan birdan kallasi ishlab qoldi. Endi ishlab chiqaruvchi Huawei logotipini o‘z mahsulotiga bosishi uchun majburiy ro‘yxatdan o‘tishi va sotilgan har bir aksessuardan Huawei'ga ulush to‘lab turishi kerak. Qarabsizki, pul degani havodan kelaveradi.

«Made for Huawei» dasturi doirasida tayyorlangan ilk aksessuar HDMI'ga mo‘ljallangan USB Type-C perexodnigi bo‘ldi. Bu vosita Huawei Mate 10 Pro flagman smartfoni uchun ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, «Made for Huawei» yorlig‘i ostida chexol, shisha qoplama, quvvatlash qurilmalar, kameralar, dok-stansiya va boshqa devayslar ham ishlab chiqarilishi mumkin.

Narx-navo ham shunga yarasha bo‘ladi. Bu yerda xaridor ruhiyatiga ta’sir o‘tkaziladi. Xaridor birgina shu yorliq sabab mahsulotga 2 barobar ko‘proq to‘lashi kerak bo‘ladi. Boisi, bunday yorliqqa ega bo‘lmagan mollar aslida arzon. Misol uchun, Pixel 2 va Pixel 2 XL uchun ishlab chiqarilgan USB Type-C firma perexodnigi rekord narx -- $20 dollardan sotilmoqda. Bozorda esa bunday aksessuarlarni 10 dollarga ham xarid qilish mumkin. Mana bu "havodan pul qilish" deyiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!