Huawei hamyonbop Y7 Prime’ni taqdim qildi

Huawei hamyonbop Y7 Prime’ni taqdim qildi

Huawei 8 iyun kuni Gonkongda o‘zining Y7 smartfon modelining nisbatan “yengil” talqini bo‘lgan “Y7 Prime”ni taqdim qildi. Hamyonbop turkumga kiruvchi smartfon 3 gigabaytli tezkor va 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega.

Y7 Prime smartfoni 5.5 dyuymli HD (1280 x 720 pikselli) sig‘imli va 2.5D effektli shisha yotqizilgan ekran, chastota tezligi 1.4 Ggs bo‘lgan 64 bitli Snapdragon 435 chipi, Adreno 505 videokartasi bilan ta’minlangan. Doimiy xotira sig‘imini micro SD yordamida 128 GB.gacha kattalashtirish mumkin.

Smartfonda fazali avtofokus funksiyasida ishlaydigan 12 megapikselli bosh va old fotochaqnoqqa ega (ekranida) 8 MP old kamera, orqa panelda barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Y7 Prime Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Devays elektr sig‘imi 4,000 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan quvvat oladi. 2 ta sim-kartali Y7 Prime aloqaning WiFi, 3G, LTE, Bluetooth 4.1, GPS, A GPS, GLONASS kabi tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Y7 Prime”ning 240 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.