Huawei HD-ekran, o‘rta narxli smartfon tayyorlamoqda

Huawei HD-ekran, o‘rta narxli smartfon tayyorlamoqda

Xitoyning dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi TENAA kompaniyasi Huawei’ning yangi hamyonbop smartfon tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar tarqatmoqda. Hozircha smartfonning katalog raqami “NCE-TL10” ekani ma’lum. Manbaaning yozishicha, smartfon 5 dyuymli OLED matritsali, sig‘imi 1280 x 720 pikselli ekran bilan ta’minlanadi. Smartfon Bluetooth, Wi-Fi, GPS va 4G LTE tarmoqlarida ishlaydi.

Smartfon 8 yadroli, 1,5 GGs chastotada ishlaydigan SoC protsessori, 3 GB tezkor va 16 GB flesh-xotira, barmoq izlari skaneri, 13 va 5 Mp kameralarga ega bo‘ladi. Hamyonbop gadjetning akkumulyator sig‘imi 4000 mA·soat bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa “hamyonbop” uchun yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Devaysning o‘lchamlari 143,2 x 70,4 x 8,1 mm, vazni 145 gramm bo‘lishi xabar qilingan. Gadjet Android 6.0 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Bugun jahon smartfon bozorida faqat Samsung kompaniyasi “Galaxy J” turkumida shu jihatlarga ega smartfon modellarini sotuvga chiqargan. Biroq Huawei’ning bu mobil telefoni narx borasida Galaxy J’ning ilg‘or modellaridan birmuncha arzon bo‘lishi aytilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.