Huawei ilk romsiz noutbukni tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  842
  •  12.04.2018 10:17

Huawei ilk romsiz noutbukni tayyorlamoqda

O‘tgan yili romsiz ekran dizayniga ega smartfonlar urfga kirgan edi, shundan buyon ishlab chiqaruvchilar bu borada bir-biridan o‘zib kelishmoqda. 2018 yilga kelib esa mazkur trend boshqa gadjetlarga ham ko‘chayotir.

O‘QING: MWC 2018’da rekord: eng romsiz smartfonni kim yasagan? (+video)

Xitoylik texnogignatning Honor brendi keyingi haftada o‘zining ilk noutbukini taqdim etmoqchi. Qizig‘i – mazkur gadjet haqidagi ilk ma’lumotlar 1 aprelda tarqalgan va shu bois hazil tariqasida qabul qilingan edi. Biroq endi ma’lum bo‘lishicha, Huawei hazillashmayapti ekan.

Honor Magicbook deb nomlanuvchi ushbu laptop o‘zining noodatiy dizayni bilan kishini hayron qoldiradi. Tarqatilayotgan tizerdan kelib chiqadigan bo‘lsak, u romsiz ekranga ega – displeyining barcha tomonlarida o‘ta yupqa romlar bo‘ladi.

Ta’kidlash kerakki, shu paytgacha chiqarilgan «romsiz» noutbuklarda ham ekranning pastida enli ramka bo‘lardi. Honor Magicbook esa shundan ham xoli bo‘ladi, demoqda Xitoy ommaviy axborot vositalari.

Honor Magicbook noutbuki 19 aprelda, kompaniyaning flagman smartfoni – Honor 10 bilan birga taqdim etiladi. Hozircha uning narxi va texnik xususiyatlari ma’lum emas.

O‘QING: Acer, Lenovo, HP, Dell va boshqa noutbuklarning so‘mdagi narxlari (2018 yil 28 mart)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!