Huawei iPhone X'dan 2 barobar qimmat flagman taqdim qildi!

Huawei iPhone X'dan 2 barobar qimmat flagman taqdim qildi!

Kecha Parijda bo‘lib o‘tgan taqdimotda Huawei kompaniyasi P20 hamda P20 Pro flagmanlari bilan birga, yana bir hashamdor va qimmatbaho smartfonni namoyish qildi.

Porsche 911 avtomobili sharafiga ishlab chiqarilgan va "Mate RS Porsche Design" deb nom olgan bu devaysning 256 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqini $2103 hamda eng yuqori -- 512 gigabaytli doimiy xotiraga ega talqini $2599 AQSh dollari bahosida sotiladi.

Puldan tashvishi yo‘q insonlar bu smartfonning qora yoki qizil rangli korpusdagi talqinlarini xarid qilishlari mumkin.

Huawei Mate RS Porsche Design modeli ekranining diagonali 6 dyuymli, displeyning piksellar sig‘imi 2880x1440 belgiga teng va bu ekran OLED texnologiyasi bo‘yicha tayyorlangan. Old panelning 83.93% qismi ekrandan iborat.

2017 yilga mansub 8 yadroli Kirin 970 protsessori o‘rnatilgan smartfon uchun 6 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan.

Huawei Porsche Design Mate RS bosh kamerasidagi asosiy sensor 40 megapikselli va bu rangli sensor f/1.8 hajmli aperturaga ega bo‘lgan hamda manzarani 5 karra yaqinlashtirib suratga oladi. Bosh kameradagi ikkinchi datchik 20 megapikselli va manzarani oq-qora suratga oladi. Uning yorug‘lik taqsimlovchi linzasi f/1.6 hajmli.

Bosh kameradagi kenja sensor 8 megapikselli va u telefoto vazifasini bajaradi, ya’ni keng burchakda suratga oladi. Bosh kamerada fazali avtofokus, davomli avtofokus, lazerli va chuqurlashtirilgan avtofokus, 5 karralik gibrid zum, HUAWEI'ning "aqlli" barqarorlashtirish funksiyalari, sekundiga 960 ta kadrga ega sekinlashtirilgan videolar yozish imkoniyatiga ega. Bosh kamera 4K sig‘imli video tasvirga oladi.

Old kamera 24 megapiksel aniqligidagi suratlar oladi. Bosh kamera esa 40 Mp + 20 Mp + 8 Mp sig‘imli kamera datchiklari birikmasidan iborat.

Innovatsion kameralar bilan birga, Huawei Mate RS Porsche Design'ning FullView, ya’ni to‘liq ekranli displeyida virtual ekran sensori joriy qilinganini unutmaslik kerak. Displeyga barmoq bosilsa, telefon blokirovkadan chiqadi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi orqa panelga barmoq izi skanerini ham joylashtirgan.

USB Type-C porti orqali 4000 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorni tezkor hamda simsiz quvvatlash mumkin. Smartfon korpusi IP67 standarti bo‘yicha chang hamda suvdan himoya qilingan.

Flagmanda Dual 4G VoLTE, WiFi 802.11 a/b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS Glonass, NFC modullari mavjud.

Smartfon stereodinamiklar bilan ham ta’min qilingan. Huawei Mate RS Android 8.1 Oreo'ning EMUI 8.1 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

O‘lchamlari: 152.9 x 72.5 mmx 8.5 mm; Vazni: 183 gramm.

Qora rangli Huawei Porsche Design Mate RS (6/256 Gb) 1695 yevro, 6 + 512 Gb talqini esa 2095 yevrodan sotiladi. Uni 12 apreldan xarid qilish mumkin.

O‘qing: Huawei P20: 785 dollarlik flagmanga nazar!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!