Huawei kompaniyasi yangi smartfon Enjoy 5 ni ommaga taqdim qildi

Huawei kompaniyasi yangi smartfon Enjoy 5 ni ommaga taqdim qildi

Xitoyning mashhur Huawei kompaniyasi o‘zining yangi mahsuloti Enjoy 5ni rasman jamoatchilikka namoyish etdi. Bu yangi model o‘ziga xos ko‘rsatkichlari bilan ajralab turadi.

So‘ngi yillarda ishlab chiqaruvchilar o‘z smartfonlarining akkumulyatori kuchli va quvvati ko‘p vaqtga yetadigan bo‘lishiga e’tibor qaratishmoqda. Chunki bugun telefonga bog‘lanib qolgan, “internetga in qurgan” foydalanuvchilar uchun quvvat muammosi dolzarb masalaga aylangan. Huawei kompaniyasi esa mazkur modelda ana shu talabni ham inobatga olgan.

Huawei Enjoy 5 smartfoni 5-dyuymli 1280 x 720 piksel o‘lchamdagi IPS-displeyga ega.

Unga to‘rt yadroli MediaTek MTK6735 protsessor va Mali-720 grafikali protsessor o‘rnatilgan.

Tezkor xotira 2 Gb, o‘rnatma xotira—16 Gb.

Smartfonga ikkita SIM-karta joylab ishlatish mumkin.

Akkumulyator sig‘imi 4000 mAs.

Asosiy kamera – 13-Megapiksel, frontal kamera—5-Mp.

Smartfon Android 5.1 Lollipop bazasida ishlaydi.

Telefonning bahosi: $158.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!