Huawei "Malika"dagi "eng arzon Xiaomi'ning raqibini taqdim qildi

Huawei

Huawei kompaniyasi smartfon turkumlarini turli narx va jihatli modellar bilan to‘ldirmoqda. Kecha "Huawei Y" turkumiga mansub Huawei Y6 (2018) modeli xalqaro bozor uchun taqdim qilindi.

Gadjet 5,7 dyuymli displeyga ega bo‘lgan. Displey tomonlar nisbati 18:9 o‘lchamli hamda piksellar sig‘imi 1440 x 720 ta belgiga teng, ya’ni HD.

Huawei Y6 (2018) ayni paytda eng ommalashgan va arzon hisoblangan Qualcomm Snapdragon 425 protsessori bilan ta’minlangan.

Misol uchun, "Malika"da xuddi shu protsessorga ega 5 dyuymli Xiaomi Redmi 5A modeli 825,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda. Bu - brendning eng past narxli modellaridan biri.

Xiaomi Redmi 5A modeli kabi, Huawei Y6 (2018) ham 2 Gb tezkor hamda 16 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. Bu xotirani microSD orqali kattalashtirish mumkin. Bu masalada imkoniyatlar teng.

Devaysdagi bosh kamera bir sensorli - unga 13 megapikselli datchik o‘rnatilgan. Old kamera esa 5 megapikselli. Xiaomi Redmi 5A ham 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kameraga ega bo‘lgan.

Huawei Y6 (2018) modelining akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat sig‘imli. Raqibining quvvat manbai ham xuddi shunday.

Devays qadoqdayoq Android 8.0 Oreo'ning o‘zlashtirilgan EMUI 8.0 talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Smartfonda barmoq izi skaneri bo‘lmasa ham, qiyofani tekshiruvdan o‘tkazuvchi sodda tizim mavjud.

Huawei Y6 (2018) o‘lchamlri: 152,4 x 73 x 7,8 mm. vazni esa 150 gramm. Uni ko‘k, tilla va qora rangli korpuslarda xarid qilish mumkin.

Qizig‘i, Huawei Y6 (2018) turli jihatlarga ega 4 talqinda ishlab chiqariladi. Ulardan bittasi NFC moduliga ega bo‘lgan.

Talqinlari:
ATU-L11 LTE FDD, NFC moduli mavjud;
ATU-LX3/ATU-L21 LTE FDD, NFC yo‘q;
ATU-L22 LTE FDD/LTE TDD, NFC yo‘q.

Huawei Y6 (2018) modelining raqibidan ustun jihatini zamonaviy uslubdagi, ya’ni deyarli romsiz va kattaroq ekranda ko‘rish mumkin. Shuningdek devaysda ilg‘or ovoz uzatish va multimedia namoyish qilish tizimi tatbiq qilingan.

Smartfonning $150 dollardan sotuvga chiqishi ma’lum qilinmoqda.