Huawei Mate 10’da ilk bor 4D Touch texnologiyasi taqdim etiladi

  •   DiMaX
  •  1243
  •  19.06.2017 14:47

Huawei Mate 10’da ilk bor 4D Touch texnologiyasi taqdim etiladi

Force Touch texnologiyasini ilk bor aynan Huawei, o‘zining Mate S qurilmasida taqdim etganini ko‘pchilik eslamasa ham kerak. Apple va Samsung esa bu borada unga ergashdilar. Endi ma’lum bo‘lishicha, Xitoy kompaniyasi yana bir – 4D Touch nomli yangi texnologiyani taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotir, deb yozadi AndroidHeadlines sayti.

Adolat yuzasidan aytish kerakki, Huawei’ning oldingi novatorligi uni aytarli muvaffaqiyatga eltmadi – iPhone’dagi 3D Touch undan samaraliroq ishlayapti. Samsung esa odatda shoshilmaydi: to raqiblari texnologiyani takomillashtirgunlariga qadar Janubiy Koreya kompaniyasi uning bozordagi istiqbolini baholaydi.

Nima bo‘lganda ham, Huawei allaqachon «Huawei 4D Touch» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi. U kuch bilan ta’sir qilishning qandaydir yangicha texnologiyasini nazarda tutadi. Tafsilotlari hozircha noma’lum, biroq gap-so‘zlarga ko‘ra, 4D Touch’ni qo‘llab-quvvatlovchi ilk qurilma Huawei Mate 10 bo‘ladi. U joriy yilning kuzida, iPhone 8 bilan bir xil vaqtda savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!