Huawei Mate 30 Pro DxOMark'da yangi rekord o‘rnatdi

Huawei Mate 30 Pro DxOMark'da yangi rekord o‘rnatdi

Samsung'ning Galaxy Note 10+'ini 4 ball farqi bilan ortda qoldirgan Huawei Mate 30 Pro DxOMark kamera reytingida yangi rekord o‘rnatdi.

Rasm sifati bo‘yicha to‘plangan 131 ball bilan smartfon birinchilikni qo‘lga oldi.

DxOMark'da Mate 30 Pro'ning o‘ta keng burchakli kamerasi va tungi rejimi sinovdan o‘tkazilgan. Mate Tungi rejim testida o‘zini juda yaxshi ko‘rsata olgan. Zum kamera ham yaxshi natija qayd etgan. Ma’lumot uchun, Mate 30 Pro'ga P30 Pro'dagi kabi 5x emas, balki 3x zumli kamera o‘rnatilgan.

Vaholanki, o‘ta keng burchakli kameraning ko‘rish burchagi nisbatan torligi esa tanqid qilingan.Qahramonimizga video sifati uchun 100 ball berildi, bu Note 10+ olgan balldan bitta kam. Kamera HDR video yozuv borasida yazshi natija qayd etmagan. Tashqarida olingan videoda esa rang kvantizatsiyasi biroz sezilgan. Shunday bo‘lsa ham, tezkor va to‘g‘ri avtofokus hamda adekvat video stabilizatsiyasi bilan Mate 30 Pro video yozuv uchun beriladigan eng yuqori ballardan biriga loyiq ko‘rildi.Xitoyliklarning yangi smartfonidagi selfi kamera P30 va Pixel 3'lardan yaxshiroq baholandi va top 5 talikka kira oldi. Rasm sifati anchayin oshirilgan, ToF datchigi esa yaxshiroq boke effekti uchun xizmat qiladi, biroq avtofokusning yo‘qligi selfi kamera uchun "minus" bo‘ldi. Selfi videolar borasida esa ahvol chatoq: tasvir rezolyusiyasi 1080p bilan cheklangan va rasm stabilizatsiyasi ham maqtarli emas.

Old va orqa kameralarning to‘liq tavsifini DxOMark saytidan o‘qishingiz mumkin. Aytgancha, quyidagi videoni ko‘rishni ham unutmang:

O‘QING: DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!