Huawei Mate 9 – eng kuchli Android smartfon

Huawei Mate 9 – eng kuchli Android smartfon

Kuni kecha Xitoyning  Huawei kompaniyasi o‘zining navbatdagi flagmani – Huawei Mate 9 fabletini rasman namoyish qildi. 4PDA saytining yozishicha, flagman bugungi kunning eng kuchli protsessori Kirin 960 bilan jihozlangan. Bundan tashqari, model Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan butunlay yangi qo‘sh kameraga (20MP + 12MP) ham ega bo‘lgan. Old kamera aniqligi – 8 MP.

5P3RtPwrlKl6KagF3004z1FOrz1gLmHS

Huawei Mate 9 smartfoni 4 GB tezkor xotira, to‘liq metall korpus, 5,9 dyuymli Full HD ekran (393 ppi) bilan ta’mnlangan. Ekran aniqligi 2K bo‘lmaganligi sababli, tasvirni yuklash paytida protsessorga ortiqcha og‘irlik tushmaydi.

5P3RtTY1SAyeVMNAgdy2H7i73lyNDg

Korpusning orqa tarafida barmoq izi skaneriga mo‘ljallangan dumaloq sensor mavjud. Unga USB Type-C porti, NFC modul, 3,5 millimertli naushnik sloti o‘rnatilgan.

5P3Rt1Qjrk6XeY57toTnlawWz293NjQ

Qurilma Android 7.0 Nougat dasturida ishlaydi. Batareya sig‘imi – 4000 mA/soat.

Huawei Mate 9 flagmani 699 yevro narxida tez orada sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!