Huawei Mate 9 sotilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Huawei Mate 9 sotilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jahonning 3-raqamli yetakchi smartfonsozi bo‘lmish Huawei’ning smartfonlari orasida “P9” turkumi jahon miqyosida eng ko‘p sotilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, mazkur modeldagi sotilgan smartfonlar soni yaqinda 12 milliondan oshdi. Bu P8 turkumidagi smartfon savdosiga nisbatan 152 foizga yuqori.

Huawei P9: jahon e’tiborini qozongan xitoylik ilk smartfon — to‘liq tavsifni o‘qing.

Shu bilan birga, Huawei’ning 2016 yil noyabr oyida taqdim qilingan Mate 9 fableti ham sotuvga chiqqanidan so‘ng dastlabki 4 oy ichida 5 million dona sotilgan. Bu 2015 yilning fableti bo‘lgan Mate 8 savdosining 4 oylik ko‘rsatkichidan 36 foizga yuqori degani. Jumladan, Mate 9 turkumidagi Mate 9 Pro hamda Porsche Edition modellari ommalashgan.

5.9 dyuymli Full HD ekran, 4 GB operativ hamda 64 GB doimiy ichki xotira va microSD xotirani kengaytirish bo‘lmachasiga, 8 yadroli Hisilicon Kirin 960 protsessori, 20 MP bosh kamera, 4000 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega Mate 9 yurtimiz smartfon bozorida o‘rtacha 600 AQSh dollari narxida sotilmoqda.

Xitoylik ishlab chiqaruvchi 2017 yilda taqdim qilgan Huawei P10 turkumidagi smartfon modellaridan ham 10 million donadan ziyod sotishni reja qilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.