Huawei Matebook cyeriyasidagi kompyuter-transformerlarni tayyorlamoqda

Huawei Matebook cyeriyasidagi kompyuter-transformerlarni tayyorlamoqda

Bundan bir necha kun oldin saytimizda Huawei 2017 yilda planshet va noutbuklar bozoridagi ulushini oshirishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edik. Aftidan, xitoylik gigant kompyuterlar segmentidagi o‘rnini ham mustahkamlashni maqsad qilgan ko‘rinadi.

3D News nashrining ma’lum qilishicha, Huawei kompaniyasi ayni vaqtda o‘tgan yili MWC ko‘rgazmasida taqdim etilgan Matebook seriyasidagi planshet-gibridlarning yangi ikkita versiyasini namoyishga tayyorlamoqda. Huawei bir yo‘la 13,3 va 15,6 dyuyli ekranga ega mini kompyuterlarni taqdim etishi mumkin.  Hozircha ularning qaysi form-faktorda (planshet yoki noutbuk) bo‘lishi ma’lum emas. Yangi kompyuterlar Intel Core i-Series protsessorlarida ishlaydi va yuqori narxdagi segmentga mo‘ljallanadi.

Matebook kompyuter-transformerlari 2017 yilning yanvar oyida AQShda o‘tkaziladigan Consumer Electronics Show (CES) ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!