Huawei Mediapad M5 palansheti GPU Turbo texnologiyasi bilan ta’minlandi

  •   Saroy
  •  902
  •  12.07.2018 16:06

Huawei Mediapad M5 palansheti  GPU Turbo texnologiyasi bilan ta’minlandi

Huawei Mediapad M5  plansheti ilk bor MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish qilingan edi. Iyul oyida esa  yangi qurilma yirik apdeyt bilan ta’minlandi, u planshetga yangi rusmdagi  Huawei GPU Turbo texnologiyasini tatbiq etadi.

Huawei MediaPad M5 ishlab chiqaruvchining mazkur texnologiyadagi ilk plansheti bo‘ladi.  Dasturchilarning ma’lum qilishicha, GPU Turbo grafikaning ishlash samaradorligini oshiradi, shu bilan birga, energiya istemolini ham kamaytiradi.

Huawei Honor Play GPU Turbo bilan ishlaydigan ilk smartfon hisoblanadi. Hozirda qator smartfonlar, jumladan Honor 10, Mate 10, Mate 10 Pro, Huawei P20 va P20 Pro’lar ushbu funksiya bilan yangilanish olmoqda.

Huawei MediaPad M5 ekrani  IPS 8,4 va  10,8 dyuymdan iborat ikkita versiyaga ega, formati esa  diagonalidan qat’iy nazar 2560 ga 1600 piksel. Planshet metal korpus hamda Kirin 960 protsessori bilan ta’minlandi. 13-megapikselli asosiy va 8-megapikselli old kameraga ega. Batareyaning sig‘imi tegishlicha 5100 va 7500 mAch. Planshet ancha ilg‘or ovoz uzatgich bilan ta’minlangan: harman/kardon mahsuloti bo‘lmish to‘rtta dinamik (8-dyuymlisida ikkita model), alohida Smart PA-chipi va  Hi-Res Audio funksiyasiga ega. Narxi 349 yevrodan boshlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!