Huawei muxlislari uchun yoqimli sovg‘a tayyorlandi

Huawei muxlislari uchun yoqimli sovg‘a tayyorlandi

Shak-shubhasizki, Huawei bugungi kunda jahon mobil sanoatining yetakchilaridan biriga aylandi. Har yili bozorga 3 ta ilg‘or flagmanni chiqaradigan brend raqobatda bo‘sh kelayotgani yo‘q. Kompaniya Ispaniyaning Barselona shahrida o‘tadigan MWC 2018 anjumanida P20 flagmanini taqdim etishi xususida xabarlar yurgan edi. Bugun tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bu devays g‘oyatda taassurotli va innovatsion jihatlarga boy bo‘ladi.

Xitoyning Huawei korporatsiyasi rasman ommaviy axborot vositalari vakillarini P20 flagmani taqdimotiga taklif qildi.

Shuningdek, Huawei tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, P20, Plus va Lite smartfonlari 27 mart kuni Parijda namoyish qilinadi. Bungacha esa Samsung Galaxy S9 va Galaxy S9+ sotuvga ham chiqariladi.

Huawei P20 birato‘la 3 sensorli bosh kameraga ega bo‘lgan. Fotokamera olgan suratlar aniqligi 40 megapiksel aniqligida bo‘ladi. Uning yordamida orqa foni g‘ira-shira qilingan chiroyli suratlar olish mumkin. Shu bilan birga, bosh kamera 4 karralik optik yaqinlashtirish texnologiyasiga ega bo‘ladi. Va, bunda tasvir sifati yo‘qolmaydi. Hozircha smartfon bozoridagi Samsung Galaxy Note 8 va Apple iPhone X flagmanlari bunday jihatga ega bo‘lgan.

Flagman P20 Plus va nisbatan arzon P20 Lite talqinlarida sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!