Huawei nechta P9 va P9 Plus sotilganini aytdi

Huawei nechta P9 va P9 Plus sotilganini aytdi

Huawei kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida necha dona P9 hamda P9 Plus flagman smartfonlaridan sotganini ma’lum qildi. Bu raqam bilan jamoatchilikni Huawei kompaniyasi vitse-prezidenti va Iste’molchilar bilan ishlash bo‘linmasi rahbari Yu Chendun xabardor qilgan.

2016 yilning aprel oyida taqdim qilingan Huawei P9 hamda P9 Plus mobil aloqa vositalari bugunga qadar 12 mln dona sotilgan. 2016 yilning dekabr oyi holatida esa bu ko‘rsatkich 10 mln donani tashkil qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Huawei P9 va P9 Plus kompaniyaning qadimgi nemis brendi bo‘lgan Leica firmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan ilk qo‘sh-kamerali “bayroqdor” smartfonidir.

Gadjetlar 8 yadroli 2,5 GGs chastotat tezligida ishlaydigan HiSilicon Kirin 955 protsessori, 8 megapikselli old kamera, Android 6.0’ning EMUI 4.1 talqini, Full HD displey bilan ta’minlangan. Modellarning farqi — Huawei P9 5.2 dyuym ekran, 3 GB tezkor xotira va 3000 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan bo‘lsa, P9 Plus 5.5 dyuymli ekran, 4 GB tezkor xotira hamda 3400 mA soat elektr toki sig‘imiga ega akkumulyatorga ega.

Huawei rasmiy do‘konida P9 modeli 520, P9 Plus — 877 AQSh dollaridan sotilmoqda. 2017 yilning 7 mart holatida, «Malika» savdo markazida Huawei P9 Plus 3,3 million so‘mdan sotilmoqda. Huawe jahonda smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple va Samsung’dan keyin 3-o‘rinda turibdi.

Huawei P9 modeli xususida batafsil tavsifda o‘qing.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!