Huawei'ning birinchi raqamli raqobatchisi kim?

  •   Saroy
  •  1252
  •  07.05.2018 16:15

Huawei'ning birinchi raqamli raqobatchisi kim?

Yangi Huawei'da to‘rtta kamera bo‘ladimi?  Samsung S9 ni xarid qilganingiz sizning IQ darajangizni bildiradimi? Mashhur Stiven Xoking sun’iy intellektga ishonmay to‘g‘ri qilganmi? Kompaniyaning birinchi raqamli raqobatchisi kim? Ushbu savollarga Huawei Consumer BG prezidenti Jim Syuy oydinlik kiritadi.

–Huawei o‘zining yangi flagmanini namoyish etdi: Qimmat modellar– P20 va P20 Pro. Umuman, Huawei smartfonlari kimlarga mo‘ljallangan va siz o‘zingizning biznes auditoriyangizni ko‘ryapsizmi?

–Biz har xil istemolchilar uchun telefon taklif etamiz. Albatta, qimmat  segmentlarimiz biz uchun ustuvor hisoblanadi. Shu sababli har yili eng ilg‘or yechimlarga ega telefonlarni ishlab chiqaramiz. Bundan to‘rt yil avval Parijda P7 ni sotuvga chiqardik.  2018 yilda bunday harakatni yana bir bor amalga oshirdik — yangi flagmanlarimiz bo‘lgan P20 va P20 Proni taqdim etdik. Shu bilan birga, Huawei hamon o‘rta va quyi narx segmentlarida ko‘plab qiziqarli yechimlarni taklif etib keladi. Masalan, joriy yildan boshlab, o‘rta sinfdagi apparatlarimizga Face Unlock texnologiyasini qo‘llay boshlaymiz. Biz eng so‘nggi texnika yutuqlari asosida telefonlar ishlab chiqarishga harakat qilmoqdamiz, bular: katta ekran, ommaviy fichlar, tez quvvat oladigan texnologiyalar va boshqa imkoniyatlar.

–Aksariyat foydalanuvchilar Huawei va Honor smartfonlari o‘rtasidagi tafovutni ko‘rmaydilar. Mazkur brendlar nimasi bilan farqlanadi?

–Huawei P lineykasini biz hamma ham sotib ololmaydigan qimmat telefon sifatida ko‘ramiz. Shu bois, xaridorlarga ikkita brendni taklif qilishga qaror qildik. Ularning bir-birini kesib o‘tadigan nuqtalari ham saqlanib qolgan: brendlarning birortasi ham batomom mustaqil bo‘lgani yo‘q. Ammo ertami yoki kechmi, biz Huawei'ni ham qimmat telefonlar qatoriga olib chiqishni istaymiz. Honor yordamida biz birinchi navbatda yoshlar auditoriyasi bilan do‘stlashishga urinayapmiz. Honor lineykasi anchayin moslashuvchan, uni savdo tarmoqlarida ham, internet orqali ham sotish oson. 

–Yangi Huawei P20 Pro uchta asosiy kameraga ega. Keyingi yilda to‘rtinchisini qarshi olsak bo‘ladimi?

–Biz Canon 5D kamerasi bilan taqqoslaganda yuqori sezgirlikka erishdik. Bizning telefonimizni faqat fotokamera bilan tenglashtirish mumkin, u ham bo‘lsa, atigi bitta parametr bo‘yicha. Agar vaqt kelib biz kasbiy texnikalarning keng doirasi bilan raqobatlashishga qaror qilsak va bunga to‘rtta kamera yordam beradi, deb hisoblasak... nima uchun bu iishni qilmas ekanmiz? Bunday apparat iste’molchi uchun ma’lum bir qadriyatga aylanadi. Bu bizni har doim quvontiradi.

–Raqobatchilaringizdan qaysi biri sizda yaxshi taassurot qoldirdi? Uslub, mahsulot, faoliyat usullari?

–Biz barcha raqobatchilardan o‘rganamiz. Ammo, o‘ylashimcha eng asosiy raqobatchiimiz – bizning o‘zimiz.

–Huawei kelgusida qanday innovatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rejalashtirmoqda?  Balki, allaqachon noyob ishlanmalarga egadirsizlar?

–O‘tgan yili biz tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi  (R&D)  faoliyati uchun 10 milliard yevro yo‘naltirdik. O‘n milliard! Ulkan mablag‘! Tadqiqot bo‘limi yigitlari o‘zlariga juda ishongan. Qariyb 5 ming nafar xodim yangi chipsetlarni yaratish bilan shug‘ullanadi. yana 5-6 ming kishi esa, yangi telefonlar chiroyli, yupqa va shu bilan birga, katta sig‘imga ega akkumulyatorli bo‘lishi uchun apparat bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Apparat dizayni masalasi – bu juda murakkab ish. Bundan tashqari, biz ko‘p kuchimizni fotografiyaga sarflaymiz. Fotografiya — hal qiluvchi element hisoblanadi.  Nima uchun hozir P20 da uchtalik kamerani ishlatamiz? Yana o‘sha, fotografiya deb. Qadam- boqadam biz o‘z maqsadlarimiz sari intilayapmiz, ya’ni Huawei smartfonlari foydalanuvchilariga dunyodagi eng yaxshi suratlarni olish imkoniyatini berish uchun. Hech bo‘lmaganda boshqa telefonlar bilan taqqoslaganda.

Endi dasturiy ta’minot haqida. Birinchidan, biz har doim Google muhandislari bilan aloqadamiz. Ikkinchidan, biz optimallashtirish o‘stida muttasil ish olib boramiz. Dasturiy ta’minotni optimallashtirish uchun bizda 4000 mutaxassis ish olib boradi. Jami 15 mingdan ziyod kishi tadqiqot va ishlanmalar bo‘limida mehnat qiladi. Va bu faqat smartfonlar uchun ishlanmalar.

–Hozirda kameralar mobil bozorini harakatlantiruvchi asosiy kuchga aylangan. Navbatdagi trend qanday bo‘ladi? Yaqin yillarda smartfonlar qanday taraqqiy etadi?

–Huawei ma’lum ma’noda fotokameralar rivojini investitsiyalashda davom etadi. Ikkinchi harakatlantiruvchi kuch sun’iy intellekt bo‘ladi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas, telefon iste’molchilar uchun yangi qadriyatga aylanishi mumkin. Hozirda aqlli telefonlar unchalik ham aqlli emas. Foydalanuvchilar haligacha o‘zlaricha mustaqil ravishda ko‘plab ilovalar bilan ovora bo‘lishi kerak. Bizning rejamiz bo‘yicha, sun’iy intellekt yordamida yildan yilga anchayin ilg‘or va aqlli ekotizmni yo‘lga qo‘yamiz. Kundalik turmushimizda yanada qulay bo‘lishi uchun.

Huaweini besh yil yoki hatto o‘n yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?

–Yuqorida, biz texnologiyalar lideriga aylanish uchun tadqiqot ishlariga qancha kuch va mablag‘ sarflayotganimizni aytib o‘tgandim. Bunday g‘ayrat va ishtiyoqni boshqa kompaniyalarda kamdan kam ko‘rasiz. Bundan tashqari, Huawei fond bozoriga chiqmagan. Bu o‘ta muhim jihat. Biz bir vaqtning o‘zida ertaklardagidek boyib keta olmaymiz. Buning uchun astoydil ishlash kerak — boshqa yo‘l yo‘q. Huawei  IPO (aksiyalarning dastlabki ochiq savdosi)ga intilmaydi. Buning o‘rniga biz uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqqanmiz.

Stiven Xoking – sun’iy intellekt insoniyatning boshiga yetadi, –deb ta’kidlagandi. Bu haqda sizning fikringiz? Qanday texnologik innovatsiyalardan ko‘proq xavotirdasiz? Kelajakdan, xususan Huawei ishlanmalari yordamida keladigan kelajakdan qo‘rqmaysizmi?

Bugungi kunda sun’iy intellekt hayotimizni osonlashtirmoqda. Hozir qayerga qaramang faqat haydovchisiz avtomobillar haqida gapirishmoqda. Biroq, bu hamon shunchaki konsepsiya bo‘lib qolmoqda. Hayotga tadbiq qilish uchun necha yil kerak bo‘ladi? 4-5 yil? Shunga qaramay, odamlar shu maqsad uchun vaqtini, kuchini va mablag‘ini sarf qilyapti, chunki bunday texnologiyalar hayotimizni osonlashtiradi. 

Arsen Simonyan suhbatlashdi

Manba: 4pda.ru

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!