Huawei’ning cho‘ntakbop smartfoni foydalanuvchilar diqqatini tortmoqda

Huawei’ning cho‘ntakbop smartfoni foydalanuvchilar diqqatini tortmoqda

Huawei Honor 5X smartfoni anchadan keyin mobil qurilmalar bozoriga kirib kelgan sifatli va arzon smartfon, deya hisoblanmoqda. Joriy yilning 6 yanvar kuni namoyish etilgan, to‘la metall qoplamali, kod talab qilmaydigan Android qurilma – Huawei Honor 5X 200 dollarga narxlangan.

Kod talab qilmaydigan smartfon jahon miqyosida ommalashmoqda.  Ham dizayn, ham narx borasida bozorbop smartfon, ayniqsa Ispaniya, Fransiya davlatlaridagi foydalanuvchilar didini jalb qilmoqda.

Foydalanuvchilar fikriga ko‘ra, narxi va imkoniyatlari masalasida Huawei Honor 5X  Moto G, Moto E smartfonlarini eslatib yuborgan. Shuningdek, Amazon internet do‘konida Huawei SnapTo 129.99 dollardan sotilmoqda. Honor 5X ning 200 dollarlik qurilmalar orasida eng yaxshisi ekanligi ham qayd etilmoqda.

Honor 5X qurilmasi Qualcomm 615 protsessoriga,  tasvirni 1080p formatida ko‘rish imkoniyatini beruvchi 5.5 dyuymli ekranga, 16 GB xotiraga, ikki sim kartani o‘qish imkoniga, 13 va 5 megapiksel kameralarga, barmoq izlari orqali tasdiqlash tezkor tizimiga, quvvati bir kunga yetadigan 3000 AS quvvat toshiga ega smartfon.

Foydalanuvchilar tomonidan uning suratga olish imkoniyatlari, metall korpusi va ekran yorqinligiga yuqori baho berilmoqda.