Huawei’ning Honor V10 smartfoni fosh bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1305
  •  20.11.2017 16:04

Huawei’ning Honor V10 smartfoni fosh bo‘ldi

Xitoylik smartfonsoz Huawei o‘zining yangi V10 smartfonini 28 noyabrda Xitoyda namoyish etadi, shundan 7 kun o‘tib esa Londonda uning global taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ammo, Xitoyning yangi xizmat va texnologiyalarni ro‘yxatga oluvchi TENAA tashkilotining sayti sharofati bilan, qurilmaning xususiyatlari ma’lum bo‘ldi, deb yozadi GSMArena portali.

O‘QING: Huawei birdaniga uchta romsiz fablet chiqarmoqchi

Xabarga ko‘ra, Honor V10 modeli diagonali 5,99 dyuymga, aniqligi 2160x1080 pikselga teng ekran bilan jihozlangan. Smartfon Huawei’ning «sun’iy ong» tizimiga ega ilg‘or Kirin 970 chipseti bazasida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 6, doimiy flesh-xotirasi esa 64 yoki 128 gigabayt hajmga ega bo‘ladi.

Honor V10 korpusining orqa panelida qo‘shaloq kamera joylashgan bo‘lib, u 16 va 20 megapikselli modullarni o‘z ichiga oladi. Uning old kamerasi esa 13 megapikselli bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Yarim bahosidagi flagman -- Honor 9 yurtimizda ham sotilmoqda!

Yangi Huawei smartfoni EMUI 8.0 interfeysining so‘nggi versiyasida ishlashi aytilmoqda. Uning Android Oreo tizimiga asoslanishini hisobga olsak, V10 foydalanuvchilari Android tizimining eng so‘nggi talqiniga ega bo‘lishadi. Smartfonni an’anaviy 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishidan mahrum etishmagani ham quvonarli holat, deb baholash mumkin.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Huawei Honor V10 rasmiy namoyishi bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Gap-so‘zlarga qaraganda, uning narxi 450 AQSh dollari atrofida bo‘ladi.

O‘QING: «Malika»da plastikka sotilayotgan Huawei smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 1 noyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!