Huawei’ning qarori to‘g‘rimi?

  •   Saroy
  •  1284
  •  25.05.2018 09:34

Huawei’ning qarori to‘g‘rimi?

Huawei bundan buyon o‘z smartfonlarida yuklagichni qonuniy yo‘l bilan blokdan yechishga ruxsat bermaydi. Kompaniya o‘z foydalanuvchilariga yaqin orada blokdan yechish uchun kod berilishini to‘xtatganini ma’lum qildi.

Rasmiy  xabarlarga qaraganda, Huawei proshivkani mustaqil yuklab olishda yuzaga keladigan muammolardan qochish maqsadida shu qarorga kelgan. 2018 yil aprel oyidan keyin chiqadigan yangi apparatlar uchun endi kod berilmaydi. 60 kunday keyin boshqa qurilmalari uchun ham xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi.

O‘QING: «Huawei» o‘zbekistonlik iqtidorlar uchun noyob imkoniyat taqdim etmoqda

Yuklagichni blokdan yechish tashqi rekaverini, kastom proshivkalari hamda boshqa modullarni o‘rnatish uchun zarur. Umuman olganda Huawei va Honor gadjetlari uchun kod olishning norasmiy usullari ham bor, biroq ular yangi cheklovlar natijasida ishlaydimi  yoki yo‘qmi – hali noma’lum.

O‘tgan yilning sentyabr oyida ham Huawei xotira kartasidagi proshivka fayli yordamida PO yangilash imkoniyatini bloklab qo‘ygan edi.

O‘QING:  Eng arzon Huawei smartfoni taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!