Huawei’ning yangi plansheti narxi va jihatlari ma’lum bo‘ldi

Huawei’ning yangi plansheti narxi va jihatlari ma’lum bo‘ldi

Taniqli insayder Roland Kvandt o‘zining Tvitter sahifasida Huawei’ning MediaPad turkumiga kiruvchi yangi planshet modellarining narxini e’lon qildi.

MediaPad T3 plansheti turli diagonalli displey va MediaTek kompaniyasining protsessorlari bilan ta’minlangan 3 xildagi talqinda ishlab chiqariladi. Uning 7 dyuymli versiyasida 2 GB tezkor va 8 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatiladi. Bu model Wi-Fi-modulida ishlaydi. Ushbu modifikatsiyaning LTE aloqa tarmog‘ida ishlaydigan varianti ishlab chiqarilmaydi.

Shuningdek, Huawei MediaPad T3’ning 8 dyuymli, 10 dyuymli displey talqinlari ham ishlab chiqariladi. Planshetlar 2 gigabaytli operativ xotira, 16 gigabayt doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Huawei kompaniyasi MediaPad M3 Lite 10 nomli planshet modelini ham tayyorlamoqda. Planshet 10 dyuymli, 3 gigabaytli operativ xotira va 32 gigabaytli doimiy xotira sig‘imiga ega bo‘ladi.

Taqdimot sanasi va narx-navo

Planshetlar may oyi boshida sotuvga chiqariladi. Ularni avvaliga Yevropada sotish rejalashtirilgani uchun insayder narxlarni yevro pul birligida ko‘rsatgan. Huawei MediaPad T3 7 (dyuymli) 129 yevro, Huawei MediaPad T3 8’ning Wi-Fi talqini 219 yevro, LTE talqini 239 yevrodan sotiladi. Huawei MediaPad T3 10’ning Wi-Fi talqini uchun esa kompaniya 229 yevro, LTE aloqa tarmog‘ida ishlaydigan versiyasi uchun 279 yevro so‘ramoqda. Wi-Fi tarmog‘ida ishlaydigan Huawei MediaPad M3 Lite 10 esa 379 yevro, LTE versiyasi 404 yevrodan sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!