Huawei o‘zining qidiruv xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi

Huawei o‘zining qidiruv xizmatini sinovdan o‘tkazishni boshladi

2019 yilning o‘rtalaridan boshlab Huawei AQSh Savdo vazirligining qora ro‘yxatidan chiqa olmadi, bu kompaniyani yangi qurilmalar uchun Google xizmatlarini litsenziyalash imkoniyatidan mahrum qildi.

Ushbu vaziyat tufayli Huawei yangi smartfonlarni ishlab chiqarish strategiyasini o‘zgartirib, hozirda mavjud va oldindan sertifikatlangan qurilmalarni rebrendlashga e’tibor qaratdi. Shu bilan bir qatorda, Huawei Google Play Services'ga alternativa ustida ishlamoqda.

Hozirgi vaqtda Google'siz Huawei qurilmalarida yetishmayotgan ilovalardan biri bu qidiruv tizimidir. Biroq, bu holat tez orada o‘zgaradi, chunki Huawei o‘zining Huawei Search ilovasini sinovdan o‘tkazmoqda.Huawei yangi Huawei Search ilovasini BAAdagi foydalanuvchilarda sinab ko‘rmoqda. APK fayl forum postiga biriktirilgan. Nafaqat Google qidiruv tizimiga, balki Google Assistant va boshqalarga ham kirish huquqini taqdim etadigan Google App'dan farqli o‘laroq, Huawei Search — bu internetda veb-sahifalar, videolar, rasmlar va yangiliklarni qidirish uchun oddiy so‘rov kiritishga imkon beradigan asosiy qidiruv ilovasidir.

Ilovada ob-havo yorlig‘i mavjud. Bundan tashqari, “sport“, “birliklar konvertatsiyasi“ va “kalkulyator“ yorliqlari mavjud. Ilova sozlamalarida foydalanuvchi qidiruv tarixini ko‘rishi (yoki o‘chirib qo‘yishi), fikr-mulohaza bildirishi, qidiruv mintaqasi va tilini o‘zgartirishi hamda xavfsiz qidiruv tizimini ulashi mumkin. Shuningdek, ilova qora fonni ham qo‘llab-quvvatlaydi.Sinovchilar javob berishga harakat qilgan savollardan biri bu Huawei Search'da qanaqa qidiruv tizimi ishlamoqda. Foydalanuvchilar Huawei Search'ning qidiruv natijalari va Google, Yahoo, DuckDuckGo va Yandeksning qidiruv natijalari o‘rtasidagi moslikni topa olishmadi. Hozirgi vaqtda dastur imkoniyatlari ancha cheklangan bo‘lib, xizmatning o‘zi faqat Huawei smartfonlarida foydalanish uchun mo‘ljallanganga o‘xshaydi.

Huawei Search'ni Google qidiruviga alternativa, deb aytishga hali erta, ammo brendning qaysi yo‘nalishda harakatlanishi hammaga qiziq.

O‘QING: Huawei atigi 30 daqiqada 70% quvvatlanuvchi hamyonbop flagman namoyish etdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!