Huawei P10 lite xalqaro bozorda sotuvga chiqarildi

Huawei P10 lite xalqaro bozorda sotuvga chiqarildi

Huawei kompaniyasi Buyuk Britaniyada Huawei P10 lite smartfonini namoyish qildi. Bu 2017 yilning fevral oyida taqdim qilingan Huawei P10 hamda Huawei P10 Plus flagmanlarining “hamyonbop” talqinidir. Lite turkumining Huawei P10 hamda P10 Plus’dan bosh farqi – qo‘sh ob’yektivli kameralarning yo‘qligi. Uning 12 megapikselli bosh va 8 MP old moduli ham “akalari”nikidan farqli ravishda Leica firmasiga tegishli emas.

Ikkinchi muhim farqi – protsessor. Sakkiz yadroli HiSilicon Kirin 685 protsessor samaradorlikda yuqori talqinga o‘rnatilgan Kirin 960’dan sal-pal orqada. Shuningdek, Huawei P10 Lite orqa paneli shisha bo‘lsa, Huawei P10 va P10 Plus’niki metalldan tayyorlangan. Huawei P10 Lite’ning ekran diagonali Huawei P10’ga qaraganda 0,1 dyuymga kattaroq.

Smartfon metall ramkalar bilan o‘ralgan shisha panelga ega. Huawei P10 Lite 5,2 dyuymli sig‘imi Full HD (1920 x 1080 pikselli) bo‘lgan displey, barmoq izlari skaneri bilan ta’minlangan. Smartfonning apparat ta’minoti uchun chastota tezligi 2,1 GGs bo‘lgan 8 yadroli HiSilicon Kirin 658 protsessori mas’ul, shuningdek grafik-tasvir Mali T830-MP2 videokartasi tomonidan qayta ishlanadi. Smartfonda 4 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. microSD bo‘lmachasiga qo‘shimcha xotira fleshkasini o‘rnatsa ham bo‘ladi.

Huawei P10 lite’ning akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat va uni tezkor tizim orqali quvvatlash mumkin. Smartfon Android 7.0 Nougat’ning o‘zlashtirilgan Emotion UI (EMUI) 5.1 tizimida ishlaydi. Devays aloqaning 4G LTE, Wi-Fi (802.11ac), Bluetooth 4.1 GPS va NFC tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning korpusida USB Type-C universal porti ham mavjud. Huawei P10 lite o‘lchamlari: 146,5 x 72 x 7,2 mm, vazni — 142 gramm.

Huawei P10 Lite Yevropada 19 martdan 369 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!