Huawei P10 va Huawei P10 Plus narxlari ma’lum bo‘ldi

Huawei P10 va Huawei P10 Plus narxlari ma’lum bo‘ldi

Huawei P10 va Huawei P10 Plus narxlari ma’lum bo‘ldi

Bundan bir necha kun oldin saytimizda Huawei P10 Plus modeliga oid ba’zi tafsilotlarni(jumladan model surati) e’lon qilgan edik. Kecha esa mazkur moded va flagman Huawei P10 smartfoniga tegishli narxlar internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Ikkala model 26 fevral kuni MWC ko‘rgazmasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Huawei P10 modelining standart versiyasi 4 GB operativ xotira va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. U 510 dollar narxida sotuvga chiqariladi, deb yozmoqda IXBT nashri. Qurilmaning 64 GBli ichki xotira bilan ta’minlangan versiyasi 600 dollar, 128 GBli versiya esa 680 dollar narxida taklif etiladi.

Huawei P10 Plus modeli ikki xil variantda chiqariladi: 4 GB/64 GBli versiya 725 dollar, 6 GB/128 GBli versiya esa 830 dollar turishi ma’lum qilingan. Modelga aniqligi 1440 x 2560 piksel bo‘lgan 5,5 dyuymli ekran, Soc Kirin 965 protsessori va 12 MPli qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Old kameraning aniqligi 8 MP bo‘lishi yozilgan.