Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1443
  •  18.12.2017 10:56

Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

Xitoylik smartfonsoz Huawei’ning P11 flagmani 2018 yil fevralning oxirida taqdim etilishi kutilayotir. Insayderlar uning bir qancha o‘ziga xosliklarga ega bo‘lishini aytishgan, shulardan biri – uchta ob’yektivga ega asosiy kamerasidir. Devaysning asosiy kamerasi 4 karrali optik zumga ega, shuningdek, 40 megapiksel aniqlikda rasmlar suratga ola biladigan bo‘lishi aytilmoqda. Ayni damgacha eng ilg‘or va qimmatbaho smartfonlar kamerasi esa faqat ikki karrali zumga va 24 megapikselgacha aniqlikka ega.

O‘QING: Qo‘shaloq kamera nimasi!? Uchta modulga ega 40 MP kamerali smartfonni qarshi olamiz!

Bulardan tashqari, insayderlarning xabar berishlaricha, Huawei’ning bo‘lajak flagmani kupertinolik gigantning iPhone X modelidagi yana bir xususiyatni ham o‘zlashtirmoqda. Ya’ni, P11 displeyining yuqori qismida xuddi yubiley ayfonidagi kabi «o‘yiq» mavjud bo‘ladi. Faqat bugina emas, balki Huawei bu «kemtik»da yuzni skanerlovchi Face ID datchigini ham joylayapti. U orqali smartfon egasi telefonni blokdan chiqarishi, o‘z shaxsini tasdiqlashi va boshqa ko‘plab harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda

Umuman olganda, Face ID yuz skanerini Huawei bundan ikki haftagina avval taqdimoti bo‘lib o‘tgan Honor V10 smartfonida joriy etgan edi. Shuningdek, unda yana animatsiyali smayliklar – Anomoji ham mavjud. Huawei P11 modelida esa bularning yanada yaxshilangan versiyasi taqdim etiladi. Yuz skaneri dasturiy emas, balki texnik xususiyatga aylanadi, smayliklar esa yanada jonli va rangdor holga keltiriladi.

O‘QING: Huawei romsiz ekranli Honor V10’ni rasman taqdim etdi

Shu tariqa, insayderlar bergan ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, ikki oydan keyin Huawei jahonga o‘zining yangi flagmani – P11 modelini namoyish etadi. Bu qurilma yuqorisi «o‘yiq»li romsiz displeyga hamda Face ID yuz skaneriga ega. Uning uch modulli asosiy kamerasi 40 MPlik, portret rejimli old kamerasi esa 24 MPlik suratlar ola biladi. Tezkor xotirasi 6 gigabaytlik bu qurilmaning «yuragi» NPU neyron protsessori bilan kuchaytirilgan 8 yadroli HiSilicon Kirin 970 protsessori bo‘ladi.

O‘QING: Huawei P11 taqdimoti haqida Bryus Li ma’lum qilgan

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!