Huawei P20 Lite: "Malika"dagi bestseller 10 foizga arzonlashdi!

Huawei P20 Lite:

2018 yilning martida Xitoyning Huawei kompaniyasi qadim an’analariga sodiq qolgan holda, birato‘la uchta smartfonni taqdim qildi: kuchli P20 Pro, uning "inisi" bo‘lgan P20 hamda ularga qaraganda sodda va arzon P20 Lite.

Bu gadjet metall romli korpus, shishadan ishlangan orqa paneli, qo‘sh sensorli bosh kamerasi hamda sifatli ekrani bilan ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.

Huawei dizaynerlari P20 Lite devaysini yaratishda iPhone X dizaynidan ilhom olganliklarini payqash qiyin emas – displeyning yuqorisidagi «o‘yiq», bosh kamera modullarining tikka joylashgani va korpusning yig‘ilishi.

Smartfon qisqa muddat jahon bozorida "bestseller", ya’ni eng ko‘p sotiluvchi degan maqomni oldi.

Marketing tadqiqotlari kompaniyasi hisoblangan Counterpoint o‘zining Market Pulse nomli loyihasi doirasida 2018 yilning iyun oyida eng yaxshi sotilayotgan o‘rta narxli smartfonlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Huawei P20 Lite eng yaxshi xaridorgir mobil aloqa vositasi deb topilgan.

Counterpoint kompaniyasining kuzatuvlariga ko‘ra, Huawei o‘z uyidagi hamda Hindistondagi smartfon bozorida o‘rta narxli "P20" va "P20 Lite" turkumidagi smartfonlari bilan o‘rnini mustahkamlamoqda. Jahon miqyosida bir oyda sotilgan jami smartfonlarning 2.7 foizi P20, P20 Pro, hamda P20 lite ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ular orasida yaxshi sotilish bo‘yicha P20 lite modeli yetakchilik qilmoqda. P20 lite hozircha "eng yaxshi o‘rta narxli mobil telefon" degan nomga munosib. Quyida bu gadjetni yaqindan o‘rganamiz.


Huawei P20 Lite texnik jihatlar:
Operatsion tizim: Android 8.0, EMUI 8.0 proshivkasi;
Displey: 5.84”, FullHD+ (2280x1080), har dyuymda 432 piksel, yorug‘likni avtomatik sozalsh funksiyasi mavjud, tomonlarining nisbati - 19:9, LTPS TFT matritsa, yorug‘lik miqdori - 420 kd/m2, kontrast 1100:1, bir vaqtda 10 tagacha zarbni sezadi;
Chipset: Huawei Kirin 659, 8 yadro (4xARM Cortex-A53 - 2.36 GGs.gacha hamda 4xARM Cortex-A53 yadrolari 1.7 GGs.gacha, 64 bit, ma’lumotni 16 nanomertli qayta ishlash;
Grafik-tasvir uchun: Mali-T830 MP2 video-kartasi;
Tezkor xotira: 4 GB;
Doimiy xotira: 64 GB + microSD 256 GB.gacha;
Sim-karta: 2 ta nanoSIM, ulardan biri fleshka uchun ham mo‘ljallangan;
Akkumulyator: Li-Pol akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat: bu quvvat 7 soat video tomosha qilish, 5 soat o‘yin o‘ynashga yetadi, ya’ni yomon emas;
Bosh kamera: qo‘sh – 16/2 MP, diafragma f/2.2, fokus olish oralig‘i - 26 mm, avtofokus mavjud;
Old kamera: bitta – 16 MP, diafragma f/2.0, fokus olish oralig‘i 27mm; avtofokus mavjud;
Interfeyslar: Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2.4/5 GGs), Bluetooth 4.2 (aptX, aptX HD), USB Type-C 2.0 OTG, NFC, GPS, GLONASS, BeiDou;
Barmoq izi skaneri: Orqa panelda;
Sensor va datchiklar: yorug‘lik datchigi, oraliq-masofa datchigi, akselerometr, elektron kompas, giroskop;

Aloqa imkoniyatlari: LTE CAT 6 tarmoqlari - 1/3/5/7/8/20; 2G 850/900/1800/1900 MGs, 3G – 900/2100 MGs;
O‘lchamlari: 148x71x7.4 mm, vazni – 145 gramm.

Dizayn

Huawei P20 Lite modeli "flagman merosxo‘ri" sifatida imkon qadar yuqori imkoniyat va ilg‘or funksiyalarni taqdim etadi: FullHD+ va 19:9 o‘lchamli ekran, ikkita sensorli bosh kamera, NFC chip, imkoniyatlari yaxshi protsessor, hamda ikki diapazonli Wi-Fi hamda bugungi aptX/aptX HD kodeklarini qo‘llab-quvvatlaydigan Bluetooth, so‘nggi LTE chastotalari. Shu bilan birga, aytish kerakki, shisha bilan o‘rab olingan tashqi ko‘rinish ham hashamdor.

P20 Lite Huawei brendi ("P" turkumi)ga qarashli bo‘lsa ham, uning tashqi ko‘rinishi kompaniyaga qarashli Honor subbrendi ishlab chiqarayotgan devayslarga juda o‘xshash. Darvoqe, avvalgi P10 lite modeli bilan ham shunday holat kuzatilgan edi.

P20 modeli orqa paneli yaxlit shisha bo‘lsa, Lite-versiya orqa paneli u darajada ham silliq emas. P20 barmoq izi skaneri old panelda bo‘lsa, P20 Lite skaneri orqasida. Ularning korpus va kamera shakli, o‘rnashuvi bir xil.

P20 romlari qiyalama hamda dag‘al metalldan ishlangani tufayli uning ko‘rinishi yanada yaxshi. P20 Lite romida esa ikkita kichik ariqchalarni ko‘ramiz – bu esa uni plastikka o‘xshatib qo‘ygan. Qayrilma shisha ham P20 modelida hashamdor ishlangan.

P20 Lite apparatining ikki tomoni ham shisha bilan o‘rab olingan. Huawei shisha ishlab chiqaruvchisini ma’lum qilmagan. Foydalanganda aksariyat foydalanuvchilar orqa panelning oson qirilishini qayd etishgan. Umuman, qimmat P20 Pro bilan ham shunday holat kuzatiladi. Shisha baribir shishaligini qiladi.

Oleofob qoplama ekranga yotqizilgan, uning sifati o‘rtcha: har ikki tomon ham barmoq iziga o‘ch. Qoradan ko‘ra, ko‘k rangdagi korpusda bu unchalik bilinmaydi.

Smartfon ixcham o‘lchamli: 148x71x7.4 mm. Natijada, P20 Lite kaftda qulay joylashadi, qo‘l ho‘l bo‘lsa ham uning korpusi sirpanchiq emas.

Korpus yig‘ilishi sifatli. Old panel yuqorisida o‘tkazib yuborilgan hodisalar indikatori, datchiklar hamda suhbat dinamigi bor. Dinamik ishlashi sifatli.


Korpus quyisida – 3.5 mm o‘lchamli standart tuynuk, USB Type-C porti, bosh mikrofon hamda dinamik.

Korpus o‘ng tomonida o‘chirib-yoqish tugmasi, ovozni boshqarish klavishi bor.

Korpusning chap biqinida – metall bo‘lmacha, u nanoSIM+nanoSIM yoki nanoSIM+microSD.

P20 Lite tomida ikkinchi mikrofon bo‘lib, u shovqinni kamaytiradi hamda video olganda stere-ovoz yozishga xizmat qiladi.

Orqa panelda: qo‘sh ob’yektiv korpusdan bir necha illimetr bo‘rtib turibdi, undan quyiroqda – bittalik svetodiodli fotochaqnoq; o‘ngroqda – barmoq izi sensori. Uning ishlashi tezkor hamda yuqori aniqlikda.

Displey
P20 Lite smartfoni ekrani tuzilishidan P20 Pro hamda P20 ekranlariga o‘xshab ketadi: yuqorida uncha ham katta bo‘lmagan kesiq, yon tomonlari bir xil qayrilma. Shu bilan birga, ustki va quyi virtual hoshiya o‘lchami ham turlicha.

Huawei P20 Lite displeyining diagonali 5.84 dyuymli, sig‘imi FullHD+ (2280x1080 pikselli), har dyuymda 432 piksel bo‘lgani bois, tasvir naomyishi yorqin va sifatli. Ekran tomonlarining nisbati 19:9 o‘lchamli. Uning matritsasi LTPS TFT texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan.

Umuman olganda, ekran sifati juda yuqori, ranglar o‘rtasidagi farq ham yuqori va bu tasvirning to‘q, rangdor aks etishiga xizmat qiladi. Ayrim hollarda ranglar notabiiy aks etishi mumkin.

Akkumulyator
Huawei P20 Lite smartfonida tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan litiy-polimer akkumulyator mavjud. Bugungi kunda ko‘plab o‘rta narxli devayslarda shunday "quvvat toshi" bo‘ladi.

P20 Lite bu quvvat bilan o‘rtacha 17 – 20 soat faoliyat ko‘rsatadi. Bunda ekran faol bo‘lib, 3G/4G tarmoqlarida suhbat qurish mumkin.

Video (1080r) ni 7 soat tomosha qilish mumkin. O‘yin esa 5 soat o‘ynash mumkin.

Huawei kompaniyasining e’lon qilishicha, P20 Lite modeli tezkor quvvat oladi, 30 daqiqada uning quvvati 30% ga, 1 soat 40 daqiqada 100% ga to‘ladi.

Aloqa

Huawei kompaniyasining ushbu smartfoni ikkita nano sim-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning har ikkalasi 4G (1/3/5/7/8/20 chastota) tarmog‘ida ishlaydi. BO‘lmacha gibrid, unga ikkita sim-karta yoki bitta sim-karta va bitta xotira fleshkasini qo‘yish mumkin.

P20 modeli 128 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgani uchun, u doimiy xotira kartasini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Alohida aytish joizki, P20 Lite smartfoni so‘nggi texnologik aloqa tarmoqlarida ham ishlaydi. Unda NFC chipi ham bor.

Devays simsiz aloqaning Wi-Fi (a/b/g/n hamda ac) ikki chastota diapazoni – 2.5/5 GGs; Bluetooth 4.2: aptX (16 bit/44,1 kGs hamda 353 Kbit/s) va aptX HD (24 bit/48 kGs hamda 576 Kbit/s).

Huawei P20 Lite GPS/GLONAS/BeiDuo tizimlarida ham ishlaydi. Signalni tutishi barqaror.

Kamera

Kamera xaridor uchun muhim talab bo‘lgani bois ishlab chiqaruvchi bu texnologiyaga alohida e’tibor qaratadi.

P20 Pro modeli uchta sensorli bosh kameraga ega jahondagi ilk devays bo‘ldi. P20 bosh kamerasi esa qo‘sh. Bu ikkala smartfon ayni paytda jahonning eng kuchli kamerafonlari sanaladi. «Layt»-versiyada ham kamera yomon emas va bosh kamera qo‘sh sensorli, faqat bir oz soddaroq hamda optik barqarorlashtirgich yo‘q.

Qo‘sh sensorlar – 16 MP (diafragma f/2.2, piksel o‘lchami 1.12 mkm) hamda 2 MP. Qo‘shimcha modul orqa fonni g‘ira-shira qilish uchun kerak, xolos.

Yuqori modellarda bosh kameradagi yordamchi sensor oq-qora tasvir oladi hamda dinamik diapazonni kengaytirish uchun xizmat qiladi.

P20 Lite yorug‘lik yaxshi paytda P20 Pro va P20 modellaridan ham yaxshi surat olishiga ishonavering. Ayniqsa, detallarni aks ettirish qobiliyati yuqori. Quyida ularni taqqoslab ko‘ramiz.

O‘ng tomondagi suratlar P20 Lite telefonida olingan.

To‘g‘ri, yorug‘lik past vaqtda dinamik diapazon hamda shovqin aks etishi bo‘yicha flagman modellar ilg‘or.

Old kamera oddiy - 8 MP, diafragma f/2.0. Unda olingan suratlar sifati - o‘rtacha.

Video olmoqchi bo‘lsangiz, maksimal ravishda uning sig‘imi FullHD (30 k/s) bo‘ladi (AVC, 17 Mbit/s). Ovoz stereo (AAC, 192 Kbit/s, 48 kGs). Tasvir sifati o‘rta narxli devayslarniki kabi. Selfi videoham FullHD sig‘imda yoziladi.

Xulosa qishi mumkinki, Huawei P20 Lite kamerasi ishonchga munosib.

Xotira, chipset hamda samaradorlik

Huawei bu gal mayd-chuyda qilib o‘tirmadit va P20 Lite modelida 4 GB (LPDDR3 933 MGs) hajmli operativ xotira qo‘yilgan. Uning tezkorligi soniyasiga 5000 MB – yuqori tezlik! Uning raqiblarida bu ko‘rsatkchi odatda 3500 – 4500 MB/s bo‘ladi.

Doimiy xotiraga ham chidasa bo‘ladi – 64 GB.

Xotiraning ma’lumotni o‘qish tezkorligi soniyasiga 174 MB, ma’lumotni yozish tezkorligi esa 112 MB/s. Bu smartfon ma’lumotni tezkor o‘qisa ham, yozish tezkorligi o‘rtacha.

Smartfonda microSD bo‘lib, unga 256 GB.gacha bo‘lgan xotira kartasi o‘rnatish mumkin.

Huawei protsessor masalasida o‘z ishlanmasini tanlagan – Kirin 659. Bu chip ancha oldin - 2016 yilda tayyorlangan.

Sakkiz yadroli protsessor ikki klasterli - ARM Cortex-A53 yadrolarining ishlash chastotalari turlicha. Chipning ma’lumotlarni qayta ishlash texnik jarayoni - 16 nm.

Honor 7X, Honor 9 lite, Nova 2/2 Plus kabi modellarda ham shunday texnik yechimni kuzatish mumkin.

Chipset samarali ishlashi uchun zarur imkoniyatga ega: tasvir aniq va tiniq, bir tekis namoyish qilinadi. Uzilish va qotib qolishlar yo‘q.

Darvoqe, Antutu benchmarkida P20 lite smartfoni deyarli 90 000 ball olgan – yomon natija emas. Protsessor vazifasi ko‘payib ketganda korpus 42 gradusgacha qiziydi (Selsiy).

Smartfon qadoqda Google Android operatsion tizimining 8.0 talqinida yetib keladi. Aniqrog‘i, shu talqinning o‘zlashtirilgan EMUI 8.0 proshivkasida. Bu yerdagi yagona o‘ziga xoslik - ekran yuqorisidagi ekran kesig‘ini yopib qo‘yadigan maxsus dastur bor.

Xulosa

Ochig‘ini aytganda, shubha yo‘qki, Huawei P20 Lite behudaga davrimizning eng yaxshi sotilayotgan smartfonlaridan biri bo‘lmagan. Uning munosib raqiblari ham ko‘p emas. P20 Lite bu yil yaxshi sotilishda davom etadi.

Huawei P20 Lite modelining kamchiliklarini payqash va aniqlash ham oson bo‘lmadi. Biroq, yo‘q emas: NFC moduli ayrim funksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi, biroq O‘zbekistonda hozircha bunga ehtiyoj yo‘q. Grafikaga boy o‘yinlarda video-kartaning samaradorligi past.

Qolgan hamma jihatlar yaxshi:

Hashamdor dizayn;
O‘tkazib yuborilgan hodisalar indikator;
Sifatli yorqin ekran;
Tezkor xotira;
NFC;
Yaxshi akkumulyator;
Type-C porti;
Sifatli kamera;
Wi-Fi ac ikki diapazonli;
Bluetooth aptX va aptX HD kodeklari;

Huawei P20 Lite bugun yurtimizda ham yaxshi sotilmoqda. Yaqinda bu devays deyarli 300 ming so‘mga arzonlashdi. Hozirda 2,720,000 so‘mdan sotilmoqda.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!