Huawei P20 Pro va iPhone X kameralari "jang qilishdi"

Huawei P20 Pro va iPhone X kameralari

Huawei rahbari Richard Yu bir muddat ilgari Mobile World Congress anjumanida Mate 20 Pro flagmani surat olishda iPhone X'ni ortda qoldirishini aytganida ko‘pchilik bu fikrni istehzo bilan qarshi olgan edi.

Kecha esa DxOMark kompaniyasi mutaxassislari jahonning eng yaxshi kamerafonlari ro‘yxatini yangilab, Mate 20 Pro dunyodagi eng yaxshi kameraga ega mobil qurlima ekanini e’lon qildi.

Huawei P20 Pro 109 ball bilan ro‘yxatda mutloq peshqadam bo‘ldi. Bungacha bu o‘rinda Samsung Galaxy S9 flagmani 99 ball bilan "qirol" edi. "Kuchli beshlik"dagi boshqa smartfonlar ham test sinovlarida 97 va 99 ballarni olishgan edi. Bu degani hali-beri P20 Pro'ga munosib raqib bo‘lmaydi.

Biroq, bu ball amalda o‘zini qanchalik oqlashini quyidagi qiyosiy suratlarda ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Huawei P20 Pro olgan surat:

iPhone X olgan surat:

P20 Pro bosh kamerasi 3 ta moduldan iborat:
8 Mp sig‘imli sensor telefoto vazifasini bajaradi;
20 Mp sig‘imli modul esa oq-qora suratlar oladi;
40 Mp sig‘imli kamera esa 5 karralik yaqinlashtirish funksiyasiga ega, rangli va kattalashgan fokusdagi suratlar olishga mo‘ljallangan.

Huawei P20 Pro olgan surat:

iPhone X olgan surat:

Huawei'ning gibrid "5X zoom" texnologiyasiga diqqat qiling:

 

Bu esa iPhone flagmanida yaqinlashtirib olingan surat:

Uchala sensorning yorug‘likni qamrab oluvchi linzalari ilg‘or bo‘lgani uchun smartfonda 5 karra yaqinlashtirib olingan tasvirlar ham aniq-tiniq aks etadi.

Har uchala sensor olgan suratlar avtomatik ravishda yaxlit holga keladi va keng dinamik diapazonga va tabiiy rangga ega bo‘lgan tasvirlar hosil bo‘ladi.

P20 Pro olgan surat:

Huawei katta o‘lchamli pikseli bilan ham maqtanmoqda: Huawei P20 Pro pikseli Galaxy Note 8 va iPhone X'nikidan bir yarim barobar katta.

Yorug‘lik taqsimlovchi ob’yektiv f/1.6 standartli — yomon emas, biroq bu borada Samsung Galaxy S9 (f/1.5) ilg‘or. Ammo 20 megapikselli oq-qora sensor hisobiga smartfon qorong‘uda ham eng taassurotli suratlarni olishi kerak.

P20 Pro olgan surat:

iPhone X olgan surat:

P20 Pro'da detallar ko‘proqdek:

Ayfon olgan suratdagi detal:

Huawei flagmanlari doim yorug‘lik past sharoitda ham yaxshi suratga olishi bilan o‘ziga xos bo‘lib kelgan. Yangi flagmanda ham bu jihat o‘z aksini topgan.

iPhone X olgan surat:

Apple'ning iPhone X flagmani 2017 yilning sentyabr oyida namoyish qilingan va ayni paytda yurtimizda 8 632 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda. Uning bosh kamerasida har biri 12 megapikselli 2 ta sensor o‘rnatilgan. Ular birgalikda yorqin suratlar oladilar.

Apple iPhone X 2 ta 12 megapikselli sensorlari bilan kuchli bosh kameraga ega bo‘lgan. Bosh kameradagi har ikkala sensor optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa video tasvirga olishda qo‘l keladi. Xususan, bosh kamera sekundiga 60 ta kadr mavjud 4K video suratga oladi.

Bosh sensor f/1.8 diafragmali yorug‘lik linzasiga ega bo‘lgan. Telefoto uchun esa f/2.4 aperturali linza tanlangan. Bu esa yorug‘lik past sharoitda yorqin surat olish uchun xizmat qiladi.