Huawei P8: Ilg‘orlik mujassam hashamdor smartfon

Huawei P8: Ilg‘orlik mujassam hashamdor smartfon

Taqdim etilgan vaqti: 2015 yil, aprel

Ishlab chiqaruvchi: Huawei kompaniyasi (Xitoy)

Huawei P8: Qisqa tanishuv

Korpus materiali: metall, plastik, shisha

Operatsion tizim: Android 5.0, Huawei EMUI 3.1

Aloqa tarmog‘i: GSM/EDGE, WCDMA, LTE (2 ta SIM-karta bo‘lmachasi, biri microSD)

Platforma: HiSilicon Kirin 930/935

Protsessor: 2 talqinda — 4 yadroli 2 GGs (Cortex-A53) yoki 4 yadroli 1.5 GGs (Cortex-A53)

Grafik protsessor: Mali-T628 MP4

Operativ xotira: 3 GB

Ma’lumotlarni saqlash xotirasi: 16/64 GB, microSD xotira bo‘lmachasi (128 GB.gacha)

Interfeys: Wi-Fi (a/b/g/n), Bluetooth 4.0 (A2DP, LE), microUSB (USB 2.0, USB-Host) quvvatlash va ma’lumot almashish porti, 3.5 mm garnitura konnektori, DLNA, NFC, IQ-port

Ekran: IPS LCD, 5.2”, 1920×1080 piksel (FullHD), klavish osti yorug‘lik darajasini avtomatik sozlash, Gorilla Glass 3 himoya shishasi

Bosh kamera: 13 MP, ikki tusli fotochaqnoq, suratni optik barqarorlashtirish (OIS)

Old kamera: 8 MP (fokus oraliqni qayd qilish funksiyasi)

Navigatsiya: GPS/Glonass (A-GPS)

Datchiklar: akselerometr, makonda joylashish holati sensori, yorug‘lik, giroskop, barometr

Batareya: ajralmas, Li-Pol, 2680 mA soat sig‘imli

O‘lchamlari: 144,9 x 72,1 x 6,4 mm

Og‘irligi: 144 gramm

Huawei-P8

Huawei P8: Batafsil tavsif

Huawei kompaniyasining “P” turkumiga kiruvchi smartfonlari  2012 yildan boshlab tobora ommalashib, 4 yil orasida tayyorlangan P1’dan boshlab barcha gadjetlar smartfon olamida shuhrat qozondi.

Huawei P8 – navbatdagi smartfon ham o‘z oilasiga mansub qurilmalar kabi, o‘rta hajmli, xususiyatlari flagman smartfonlarga yaqin, qulay platforma va funksiyalarga ega mobil aloqa vositasi.

Huawei P8: dizayn, korpus materiali

Dizayn nuqtai nazaridan P8 smartfonini o‘ziga xos gadjet deyish qiyin. Metalldan tayyorlangan, shu bilan birga ko‘rinishi salobatli, sifatli va munosib ko‘rinishdagi istaraga ega.

Huawei-P8

Huawei P8 korpusining muhim jihati – uning to‘liq alyuminiydan tayyorlanganida. Old panelning yuqori qismi, kamera hamda antenna o‘rnatilgan qismigina plastikdan tayyorlangan. Ehtimol, P8 ko‘rinishidan diqqatni tortmas, lekin korpusning metalldanligi uni kaftda tutganda yoqimli taassurot uyg‘otadi. Bu o‘z navbatida, korpusning pishiqligiga ham xizmat qiladi.

Korpus va har bir detalning terilish sifatli amalga oshirilgan. Har bir tugma va SIM-karta bo‘lmalari ham yuqori aniqlikda yig‘ilgan.

Xalqaro bozorda smartfonning 3 talqini: kumush, tilla va qora rangli korpus talqinlari sotuvga chiqarilmoqda.

Huawei P8: o‘lchamlari

Ekranning o‘ng va chap tomonidan unchalik qalin bo‘lmagan hoshiya romlari mavjud. 5.2 dyuym diagonalli ekran minimal darajadagi yupqalikdagi korpus tufayli ixcham va qulay ko‘rinish kasb etgan. Aytish kerakki, P8 ixcham bo‘lish barobarida, korpusning yon hoshiyasidagi nishabdorlik bois shakldor ko‘rinishga ega va bu uning kaftda erkin o‘rnashishiga zamin yaratadi. Apparatni kaftda tutish va foydalanish teng qulaylikka ega.

“Aqlli telefon” korpusi bo‘yiga 144,9, eniga 72,1 mm, qalinligi 6,4 mm bo‘lib, u 144 gramm tosh bosadi.

Huawei P8’ni solishtirib ko‘ring:

Apple iPhone 6 (4.7” dyuym) – 138.1 x 67 x 6.9 mm, 129 gramm.

HTC One M9 (5”) – 144.6 x 69.7 x 9.6 mm, 157 gramm.

Samsung Galaxy S6 (5.1”) – 143.4 x 70.5 x 6.8 mm, 138 gramm.

Xiaomi Mi4 (5”) – 139.2 x 68.5 x 8.9 mm, 149 gramm.

Huawei P8 ixcham bo‘lishiga qaramasdan, ishlab chiqaruvchi undan yagona qo‘lda foydalanishga qulay bo‘lishi uchun ishora va turli harakatlar bilan boshqarish funksiyalarini ham tatbiq qilgan. Misol uchun, ekranni keskin burish orqali ovozni o‘chirish mumkin.

Huawei-P8

Huawei P8: boshqaruv elementlari

Huawei P8 – odatdagi Android-smartfonlar kabi, bir nechta apparat tugmalari va sensor ekran knopkalariga ega. Apparat tugmalari korpusning o‘ng biqinida joylashgan: yuqorida ovozni boshqarish tugmasi va uning quyisida – yoqish-o‘chirish tugmasi. Yanayam quyiroqda esa 2 ta bo‘lmacha mavjud: ularga 2 ta SIM-karta yoki birining o‘rniga xotira kartasi joylashtirish mumkin. Smartfonning chap biqini tugmalardan xoli.

Korpusning tom qismida shovqinni kamaytiradigan mikrofon va 3.5 mm mini-djek audio konnektori joylashgan.

Korpusning quyisida esa bosh mikrofon, microUSB porti va ikkita dinamik panjarachalari o‘rin olgan.

Ekran panelida esa “Orqaga”, “Bosh menyu” va o‘tkazib yuborilgan dasturlarni chaqirish kabi virtual ko‘rinishdagi tugmalar mavjud.

Foydalanuvchi xohishiga ko‘ra mazkur tugmalar o‘rnini almashtirish mumkin. Shuningdek, bu yerga  qo‘ng‘iroqlar ro‘yxatini chiqaruvchi tugmacha va mazkur navigatsiya panelini yashirib qo‘yish buyrug‘ini bajaruvchi virtual tugmachani joylashtirish mumkin.

Ammo, Honor 6 Plus’dagi kabi, P8 ekranini 2 marta chertish orqali uni blokirovkadan chiqarish mumkin emas.

Old panelning yuqori qismida muloqot dinamigi va 8 MP kameraning tuynugi hamda datchiklar uchun joy ajratilgan.

Huawei P8: Ekran

Huawei P8’da IPS LCD matritsasida ishlaydigan, diagonali 5.2 dyuymli va  1920×1080 piksel (Full HD) sig‘imiga ega ekrandan foydalanilgan. Ekranda tasvir maksimal darajada yorqin aks etadi. Uni qaysi tomonga og‘dirsangiz ham, tasvir unda siqilib qolmaydi. Ekranning yorug‘lik zahirasi ham yetarli.

Huawei-P8

Displeyning tasvir uzatishi ham tabiiy. Muimi, foydalanuvchi undagi rangli haroratni mustaqil boshqarishi mumkin. Ya’ni, suratni yanada rangdor yoki rangsiz qilish mumkin.

Huawei P8 ekranida barmoq izlarini o‘ziga u qadar ham yuqtirmaydi va izlar osonlik bilan o‘chadi.

Huawei P8’ning ekran paneliga yupqp himoya plenkasi yopishtirilgan va uni bir qarashda sezish qiyin.

Huawei P8’da yorulikni avtomatik boshqarish ham yaxshi ishlaydi. Tizim mustaqil ravishda tungi va kunduzgi rejimlarga o‘tadi.

Huawei P8: Platforma va xotira

Smartfon talqinidan kelib chiqib, Huawei mahsuloti – 4 yadroli HiSilicon Kirin 930/935 protsessorlari bilan ta’minlangan. Ulardan birinchisining chastota tezligi 2 GGs va boshqasiniki 1.5 GGs. Grafik-tasvir uchun (GPU) – Mali-T628 MP4 protsessori ma’sul. Smartfonda 3 GB operativ xotira va 16 yoki 64 GB doimiy xotiradan foydalanilgan.

Shuningdek, SIM-karta bo‘lmachalaridan biridan xotirani kengaytirish bo‘lmachasi sifatida ham foydalanish mumkin.

Huawei P8’ning faoliyat samaradorligi bo‘yicha muammo yo‘q. Unda GTA San Andreas va WoT Blitz kabi grafikaga maksimal darajada boy o‘yinlarni ham o‘ynash mumkin. Biror uzilish sezilmaydi.

Huawei-P8

Huawei P8: Kamera

Huawei P8 taqdim etilganida taqdimotning yarmi uning kamerasida mavjud imkoniyatlarga bag‘ishlangan edi. Kameraning muhim jihatlari: yangi 4 rangli RGBW-sensori Sony kompaniyasining mahsuloti. Uning piksel sig‘imi 13 MP bo‘lib, kamera optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Kamera uchun alohida ISP-protsessori ishlaydi. Yorug‘lik sensorga f/2.0 diafragmali ob’yektiv orqali yetib boradi. Bu eng so‘nggi texnologiyalardan biri.

Nazariy jihatdan ham, amalda ham bu smartfon kamerasi ham kunduzi, ham kechki paytda s’yomka qilish bo‘yicha barcha yaxshi smartfonlar bilan bahsga kirisha oladi.

Huawei P8’ning kamera interfeysi sodda va tushunarli. Unda rejimlarni, HDR – suratning dinamik diapazonini yoqish ham oson.

Huawei-P8

Huawei P8’da seriyali s’yomka qilib, eng yaxshi kadrni tanlash mumkin. Shuningdek, flagmanlarga xos yana bir jihati – suratning fokus nuqtasini uni olgandan keyin qo‘yish mumkin. Buning uchun kamera bir vaqtning o‘zida bir nechta fokusli suratlarni olib, ularni yaxlitlashtirib, bitta surat shakliga keltiradi. Shu sababli suratning barcha qismi yorug‘ va yorqin ko‘rinadi.

Huawei P8 yorug‘lik past sharoitda ham, tunda ham yaxshi surat oladi. Tungi rejimni  HTC, Lenovo, Meizu va Xiaomi smartfonlarida bo‘lganidek, mustaqil sozlash kerak.

Suratlarga o‘zingiz baho bering:

Huawei P8 Huawei P8’da yaqindan olingan makro formatidagi suratlar ham aniq-tiniq aks etadi. Kamerani ob’yektdan 3-4 santimetrgacha uzoqlikda tutib surat olsa bo‘ladi. Misol uchun, kuchli suratkash bo‘lgan Meizu MX4 Pro’da bu oraliq 6-7 santimetrni, HTC One M8’da 7-8 santimetrni tashkil etadi. Shu bilan birga, makro s’yomka uchun Huawei P8’da biror alohida rejimni yoqishga ham hojat yo‘q.

Huawei P8 quyoshli kunda ham yaxshi suratga oladi. Faqat olingan surat markazida ba’zida pushti rang gammasi bilinar-bilinmas ko‘zga tashlanadi.

Aytish kerakki, optik barqarorlashtirish funksiyasining ishlashiga gap yo‘q. Hatto smartfonda surta qidirayotganda ham bu tizim ishlab turadi: o‘tkazilayotgan suratlar aniq-tiniq aks etadi.

Uni tunda olgan suratlari bir qator  smartfonlarnikidan yaxshi.

Old kamera 8 MP sig‘imli bo‘lib, portret s’yomka qilishda beqiyos.

Bosh kamera 1080p sig‘imli suratlar oladi. Video yozishda dasturiy va optik barqarorlik tizimi mavjud.

Huawei-P8

Huawei P8: Quvvat manbai

Smartfonda 2680 mA soat elektr toki sig‘imli ajralmas Li-Pol akkumulyator o‘rnatilgan. Huawei P8’ga to‘liq quvvat 40-60 minut suhbat qurganda, 10-20 matnli xabar yuborganda, elektron pochta xizmatlaridan foydalanganda, 3-4 soat musiqa tinglaganda, mobil internetdan 1-2 soat faol foydalanganda (Instagram, Twitter, Facebook messenjeri, brauzeri), shu bilan birga kamerada 50 tacha surat olganda ertalabdan kechgacha ishlashiga yetadi. Ya’ni, juda zo‘r bo‘lmasa ham bu boraa natija LG G3, HTC One M8 va M9’niki bilan bir xil.

Huawei-P8

Huawei P8: Interfeys va kommunikatsiya

Smartfon aloqaning GSM, HSDPA va LTE tarmoqlarida ishlaydi. Bluetooth 4.1, Wi-Fi (802.11 a/b/g/n) modullari mavjud. Wi-Fi router orqali 2G/3G/4G tarmqolarida internetga ulanish mumkin.

NFC (near field communication) — yaqin masofada aloqa qilish texnologiyasi kartochkadagi mablag‘ni smartfon yordamida boshqarishga xizmat qiladi.

PK bilan ma’lumot almashish uchun USB 2.0. portidan komplekt microUSB kabeli orqali ulanish mumkin.

Huawei P8’da USB On-The-Go porti mavjud. Uning yordamida telefon apparatini turli qurilma, misol uchun, fleshka yoki fotokameralar bilan ulash mumkin.

Huawei P8: Navigatsiya

Huawei P8 GPS/Glonass xalqaro navigatsiya tizimlariga ulana oladi. Buning uchun unga 5-15 sekund kerak bo‘ladi.

Huawei P8: Operatsion tizim

Smartfon Android 5.x operatsion tizimining moslashtirilgan EMUI 3.0 talqini boshqaruvida ishlaydi. Emotion UI – EMUI 3.1. talqinlari iOS tizimidan ilhomlanib yaratilgani sezilib turadi. Umuman olganda, operatsion tizim faoliyatidan qoniqish mumkin.

Huawei P8: Aksessuar

Huawei P8 smartfoni taqdimotida kompaniya

4.3” dyuymli e-ink displeyini ham namoyish qildi. U o‘zining akkumulyatori va smartfonga ulanish uchun Bluetooth portiga ega. U asosan matn yozishga mo‘ljallangan.

Huawei P8: Narx-navo

Huawei P8 xalqaro bozorda o‘rtacha 450 AQSh dollaridan sotilmoqda. O‘zbekistonda esa uni o‘rtacha 2,2 million so‘mdan xarid qilish mumkin. Ya’ni, bu Samsung, LG, HTC flagmanlaridan 100-200 dollarga arzon.

Huawei-P8

Huawei P8: Xulosa

Huawei gadjetlariga xos tashqi dizayn, kuchli kamera, samarador platformaga, ilg‘or texnologiya hamda zamonaviy funksiyalarga ega aloqabop Huawei P8 ko‘ngildagidek smartfon. Uning tarmoqqa ulanish sifati ham yaxshi, ovoz uzzatishi, ovoz sifati ham yuqori.

Huawei P8 – ideal smartfon bo‘lmasa ham, lekin sifatli displey, yuqori darajali faoliyat, kuchli kamera, metall korpus, dizayn va ixcham o‘lchami bilan flagmanlarga qarshi raqobat qila oladi.

Modomiki, ixcham zamonaviy, nisbatan arzon smartfon qidirib yurgan bo‘lsangiz, Huawei P8’ga ishonch bildirib ko‘rishni maslahat beramiz.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2,266,880 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.