Huawei P8 Lite (2017) modelini namoyish qildi

Huawei P8 Lite (2017) modelini namoyish qildi

Ilk versiyadagi Huawei P8 Lite smartfoni bundan 2 yilcha muqaddam sotuvga chiqarilgan bo‘lib, haligacha o‘rta narxli segmentda o‘z ahamiyati yo‘qotmay kelmoqda. Hozirgacha modelni dunyo bo‘ylab 10 mln nusxada sotilgan. Shu bois bo‘lsa kerak, xitoylik gigant ushbu smartfonning yangilangan versiyasini taqdim qilishga qaror qildi. Eng qizig‘i, hozirda mazkur modelning alternativasi sifatida Huawei P9 Lite ham xaridorlarga taklif qilinmoqda.

China-Review nashrining ma’lum qilishicha, Huawei P8 Lite (2017) 5,2 dyuymli Full HD LTPS ekran, sakkiz yadroli Kirin 655 protsessori, 3 Gb tezkor va 16 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Asosiy kameraning aniqligi 12 MP, aperturasi F / 2.0. Old kamera – 8 MP.

Batareya 3000 mA/soat sig‘imga ega, model Android 7.0 operatsion tizimida ishlaydi.

Qurilma yanvar oxirida sotuvga chiqariladi, narxi 249 yevro atrofida bo‘lishi ma’lum qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.