Huawei P9 Max: 6,9 dyuymli ulkan smartfon

Huawei P9 Max: 6,9 dyuymli ulkan smartfon

O‘tgan haftada Huawei ikkita Leica kamerali Huawei P9 va P9 Plus hamda birmuncha soddaroq bo‘lgan P9 Lite smartfonlarini o‘z ichiga olgan flagmanlar safini taqdim etgan edi. Agarda GFXBench benchmarki ma’lumotlariga ishonadigan bo‘lsak, smartfonlar safi yana bir Huawei P9 Max flagmani bilan to‘ldiriladi. Nomidan anglash mumkinki, u ulkan Huawei P8 Max planshetofonining keyingi vorisi bo‘lib, 6,9 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi. Avvalgi modelda ekran diagonali 6,8 dyuymni tashkil etar edi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ekran sig‘imi 1920x1080 nuqtadan iborat bo‘ladi. Uning ichiga kompaniyaning o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan HiSilicon Kirin 950 (4x2.2 GGs Cortex-A72 + 4x1.8 GGs Cortex A53) protsessori o‘rnatiladi. Unda shuningdek, Mali-T880 grafik tezlatkichi, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira mavjud. Smartfon EMUI dasturiy qoplamasi o‘rnatilgan OS Android 6.0 Marshmal operatsion tizimi asosida ishlaydi. Smartfon narxi va taqdimot sanasi hozircha ma’lum qilingani yo‘q.