Huawei: P9 turkumidagi smartfonlar narxi e’lon qilindi

Huawei: P9 turkumidagi smartfonlar narxi e’lon qilindi

Qo‘sh kamerali, “jonli surat” olish qobiliyatiga ega Huawei P9 turkumidagi smartfonlarga oid navbatdagi ma’lumotlar, jumladan ularning narx-navolari e’lon qilindi.

Bugunda ushbu turkumda Huawei P9, Huawei P9 lite, Huawei P9 Max kabi smartfonlar mavjud. Shuningdek, gadjetning kattaroq ekran va xotiraga ega talqini ham namoyish etilgan edi.

P9 modeli 2 GB tezkor va 16 GB qo‘shimcha xotirali Snapdragon 650 protsessoriga ega bo‘ladi. Shuningdek, uning 3 GB tezkor va 32 GB ichki xotiraga ega Kirin 950 protsessorli talqini ha ishlab chiqariladi.

P9’ning ulkanroq talqini  P9 Max Kirin 955 protsessori va 4 GB tezkor, 64 GB ichki xotira bilan ta’minlanishi ham rejalashtirilgan.

Smartfonlarning barcha talqini orqa tomonida 12 MP qo‘sh kameraga, 8 MP old kameraga, barmoq izlari skaneri texnologiyasiga ega bo‘ladi.

Huawei P9 lite taqlini $289, P9 Max talqini $627 dollardan sotuvga chiqariladi.

R9 smartfonining standart talqini 5.2 dyuymli Full HD-ekranga ega bo‘ladi. Max talqini esa 6 dyuymli QHD ekranli bo‘ladi. Qurilmalar 3900 mAs akkumulyator bilan ta’minlangan.

Qurilmalarning rasmiy taqdimoti 9 mart kuni Berlinda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.