Huawei P9 – Yevropadagi eng yaxshi smartfon

Huawei P9 – Yevropadagi eng yaxshi smartfon

Yevropa tasvir va ohang assotsiatsiyasi  (EISA) yilning eng yaxshi mobil qurilmalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Huawei P9 2016-2017 yil mavsumi uchun Yevropadagi eng yaxshi smartfon deb topilgan. O‘tgan yili Huawei P8 bunday mukofotga loyiq ko‘rilgan edi. Ko‘rkam dizayn, kuchli apparat va innovatsion kamera uyg‘unligi Huawei P9 modeliga boshqa smartfonlardan ustunlik qilishga imkon bergan.

Huawei kompaniyasining bergan ma’lumotiga qaraganda, kompaniya hozirgacha 4.5 mln dona Huawei P9 va Huawei P9 Plus modelini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Model Fransiya, Finlandiya va Buyuk Britaniya iste’molchilarida katta qiziqish uyg‘otgan.

P9 smartfoni 5.2 dyuyli full-HD ekran, 3GB/4GB tezkor xotira va 32/64 doimiy xotira bilan ta’minlangan. Qurilmaga sakkiz yadroli Kirin 955 64-bitli kuchli protsessor, 3000 mA/soat sig‘imidagi akkumulyator, 12 MPli asosiy kamera va 8 MPli old kamera o‘rnatilgan.

Smartfon Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!