Huawei prezidenti bexosdan e’lon qilinmagan smartfonni ko‘rsatib qo‘ydi

Huawei prezidenti bexosdan e’lon qilinmagan smartfonni ko‘rsatib qo‘ydi

Fotomuxbirlar Huawei prezidenti Ren Jenfeyning qo‘lidagi hali jamoatchilikka ma’lum qilinmagan Huawei P9 smartfonini suratga olishdi. Aytish kerakki, mazkur smartfon hali ommaviy ishlab chiqarilmagan. Bu xususida MyDrivers xabar tarqatdi.

Huawei P9 haqida nimalar ma’lum

Prezident qo‘lidagi smartfon yaqinda renderlarda paydo bo‘lgan yangi smartfonga o‘xshaydi. Huawei P9 smartfonining mobil telefonlar bozoridagi eng kuchli qurilmalardan biri bo‘lishini va’da qilishgandi.

Huawei P9 smartfoni Kirin 950 chipseti asosida yig‘iladi, 3 GB operativ va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Shuningdek, 5,2-dyuym ekran, tasvirlarni optik barqarorlashtirish imkoniga ega qo‘sh kamera (12 Mp) va 5 Mp frontal kamera bilan ta’minlanadi. Akkumulyator quvvati 3000 mAs.

Smartfon boshqaruviga EMUI interfeysga ega Android 6.0 Marshmallow “javobgar”. Huawei P9 smartfonining taxminiy bahosi 500 dollarga yaqin bo‘lishi mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!