Huawei rahbari taqdimotdan so‘ng Mate 30 haqida intervyu berdi

Huawei rahbari taqdimotdan so‘ng Mate 30 haqida intervyu berdi

Huawei Mate 30 Pro smartfoni anchagina ko‘p mish-mishlar va bahslar bilan taqdim qilindi. Smartfondagi innovatsion kamera tizimi, takomillashtirilgan displey va tezkor quvvatlash texnologiyasi Huawei hali ham smartfon biznesida yetakchi ekanligini ko‘rsatadi. O‘zi aslida, AQSh—Huawei taqiqi yangi flagmanda Google xizmatlari o‘rnatilishiga sabab bo‘lgani bois taqdimot marosimi o‘tkazilishi ko‘pchilik uchun hayratlanarli bo‘ldi.AQSh taqiqi Huawei'ni to‘xtatib qololmadi — kompaniya o‘z maqsadida qat’iy turdi va Google ilovalari bo‘ladimi-bo‘lmaydimi yangi mahsulotni namoyish qildi. Qizig‘i, kompaniya yangi Mate smartfonlari Yevropada sotuvga chiqariladimi yo‘qmi bu haqda ma’lum qilmagan bo‘lsa-da, qurilmalar narxini yevroda ko‘rsatdi. Xitoy kompaniyasi Mate 30 oilasi gadejtlarini turli bozorlarga bosqichma-bosqich chiqara boshlaydi, biroq janob Yu mo‘ljalda aynan qaysi bozorlar borligini aytmadi.OAV bilan bo‘lgan intervyusida kompaniya rahbari Richerd Yu Google xizmatlarisiz Mate 30 qanday kutib olinishi haqidagi fikrlariga to‘xtalib o‘tdi. Qaysi bozorlarda sotuvga chiqarilishi haqidagi savolga esa qurilma birinchi navbatda Osiyodagi mijozlarga yetkazilishini ta’kidladi. U, shuningdek, Osiyo va O‘rta Sharq bozorlari mijozlari Google xizmatlari bo‘lmasa ham, smartfonni sotib olaverishlarini tushuntirdi. Bunga sabab qilib esa qurilmaning kuchli ekanligini ko‘rsatdi. Google servislari haqidagi savolga esa: "Ko‘plab uchinchi tomon ilovalari mavjud va har qanday ilovani yuklab olish mumkin bo‘lgan manbalar ham bor", deya javob qaytardi. Bu bilan janob Yu Google ilovalarini qurilmaga boshqa manbalar orqali yuklab olish mumkinligini bilvosita ta’kidladi. Biroq, o‘zingizga ham ma’lumki, Huawei ularni oldindan yuklab qo‘ya olmaydi.Foydalanuvchilar — Huawei'ning Play Store'ga muqobili — App Gallery'dan ilovalar yuklashlari mumkin bo‘ladi. Huawei bilan ishlashni rag‘batlantirish uchun kompaniya App Gallery'dan keladigan daromadning 85% ini dasturchilarga bermoqchi. "Bizning boshqa imkonimiz yo‘q. ... shunday qilishga majburmiz. ... kompaniyalar, hamkorlarimiz va yetkazib beruvchi dilerlar ham bizni tushunadi", qo‘shimcha qildi Yu.Agar iqtisodiy vaziyat o‘zgarib qolsa, Huawei shu zahoti dastur yangilanishini taqdim qilish bilan smartfonga Google xizmatlarini jo‘natadi. Biroq AQSh-Xitoy savdo urushi davom etar ekan, buning qachon yuz berishi hozircha noma’lum.Ayni damda, Huawei'ning Xitoydagi savdolari yaxshi ketmoqda, sababi faqat Xitoy bozori uchun chiqarilgan smartfonlarga, baribir, Google ilovalari kerak bo‘lmaydi. Yu eng zo‘r kamera, eng zo‘r dizayn, eng zo‘r 5G'ga ega, eng zo‘r ishlovchi Mate smartfoni hammaga yoqib tushishini ta’kidladi.5G texnologiyasini ko‘plab G‘arb davlatlarida hozircha keng tarqalmagan bo‘lishi mumkin, lekin Xitoy 5G poygasi borasida ancha ilgarilib ketgan va mamlakatning aksariyat qismida yangi avlod tarmog‘i keng tarqalgan. Keyingi yildan boshlab esa kompaniya 5G'da ishlovchi o‘rta toifa qurilmalarini ham ishlab chiqarmoqchi.

O‘QING: Huawei ilk «aqlli» ko‘zoynagini naq bitta smartfon narxida sotuvga chiqardi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!