Huawei reklama qilaveradigan hamyonbop smartfon

Huawei reklama qilaveradigan hamyonbop smartfon

 

Ishlab chiqaruvchi: Huawei kompaniyasi.

Taqdim qilingan vaqti: 2017 yil yanvar.

Qisqa texnik tavsif:

Korpus materiali: alyuminiy;

Operatsion tizim: Android 7.0;

Aloqa tarmog‘i (2 ta sim-kartali): 2G (850, 900, 1800, 1900 MGs), 3G (800, 1900, 2100, 900 MGs), 4G HSPA, LTE;

Protsessori: 8 yadroli, 2.1 GGs chastota tezligida ishlaydigan 64 bitli HiSilicon KIRIN 655;

Operativ xotira: 3 GB;

Doimiy ichki xotira sig‘imi: 16 GB;

microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi: mavjud, 128 GB.gacha;

Interfeys: Wi-Fi (b/g/n), Bluetooth 4.0, quvvatlash va ma’lumotlar almashish uchun microUSB (USB 2.0) porti, 3.5 mm.li audiogarnitura;

Ekran: 5,2 dyuymli Full HD (1920×1080), IPS matritsa;

Kamera: 12/8 MP, fotochaqnoq;

Navigatsiya: GPS, GLONASS;

Qo‘shimcha texnologiyalar: NFC, FM-radio, akselerometr, oraliq-masofa sensori, yorug‘lik sensori, kompas, giroskop, barmoq izlari skaneri;

Batareya: 3000 mA soat, litiy-ionli (Li-Ion), ajralmas;

Korpus o‘lchamlari: 72.94 x 147.2 x 7.6 mm;

Vazni: 147 gramm;

Komplektda: Smartfon, naushnik, skrepka, quvvatlash qurilmasi, USB kabel, kafolat taloni va foydalanish yo‘riqnomasi mavjud.

 

Tanishuv

2015 yilning aprel oyida Huawei kompaniyasi Huawei P8 flagmanining “arzonlashtirilgan” yoki “lite” talqinini taqdim qildi. Bahordan sotuvga chiqarilgan P8 lite tezda ommalashib ketdi. Kompaniya 2016 yilning fevralida sal kam bir yil ichida bu smartfondan 10 million dona sotganini ma’lum qilgan. Umuman olganda, Huawei P8 oilasiga kiruvchi smartfonlar jami 16 million dona sotilgan. Bu o‘sha vaqtda 300 dan ziyod smartfon ishlab chiqaruvchi kurashayotgan Xitoy elektronika bozoridagi kuchli raqobatda katta natija edi. Huawei bundan ilhomlanib, 2017 yilning yanvaridan boshlab, bu modelni kuchli jihatlar bilan boyitib, xalqaro bozorda ham sota boshladi.

Huawei P8 lite imkoniyatlariga ko‘ra, kompaniyaning nisbatan qimmatroq GR5 2017 hamda 2016 yilning GT3 modellari o‘rtasida turadi. Ammo, ular hanuz Android 6.0 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Quyida Huawei P8 lite imkoniyatlarini ochib beruvchi tavsifni o‘qishga sizni taklif qilamiz.

Dizayn va foydalanishga qulaylik

Yangilangan P8 lite — chindan ham jozibador apparat. Uning tashqi tuzilishi Honor 6 hamda Honor 8 smartfonlarini eslatib yuboradi.

Smartfonning old paneli bukik ko‘rinishdagi himoya shishasi bilan qoplangan. Old panelning yon tomon romlari metallga juda o‘xshab ketadigan plastikdan ishlangan. Korpusning silliq qirralari, orqa kameraning silliq uslubda ishlangani, old panelning tugmadan xoli, displey ustidagi sensor va dinamikning simmetrik joylashtirilgani bois apparat bir qarashda yoqimli taassurot uyg‘otadi. Shuningdek, u kaftda ham qulay joylashadi.

5,2 dyuymli displey atrofidagi ramkalarning hajmi o‘rtacha. Uni bir qo‘lda tutib boshqarish ham mumkin.

P8 lite 2017 apparati 3 xil rangdagi korpusda ishlab chiqariladi: qora, oq, ko‘k va tilla rang.

Korpusda elementlarning joylashuvi doimiy standart asosida: microUSB porti, bosh dinamik va mikrofon korpus quyisida, klavishlar korpusning o‘ng tomonida, «gibrid» SIM-karta bo‘lmachasi chap tomonda, hamda quloqchin uchun mini-jack tomdan o‘rin olgan. Korpus biqinidagi klavishlar qulay, ekran tugmalarini esa sozlash mumkin. Displeyning o‘ng tomonida o‘tkazib yuborilgan xabarlardan ogoh qiluvchi indikator mavjud.

Barmoq izlari skaneri orqa panelning yuqoriroq qismida, markazda joylashgani bois, ichki sezgi bilan, ya’ni telefon blokirovdana chiqarish uchun korpusni orqaga o‘girmasdan turib, ko‘rsatkich barmoqni unga bosib, smartfon tizimiga kirish mumkin. Huawei taqdim qilgan boshqa “aqlli” telefonlar kabi, bu gadjetning barmoq izlari sensori ham tez va aniq ishlaydi. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, sensor 0,3 sekund ichida barmoqni tekshiruvdan o‘tkazib, tizimni ochadi.

Shuningdek, mazkur sensordan smartfonni boshqarishda ham foydalanish mumkin: tizimni ochish va yopish, ogohlantirishlar panelini tozalash, galereyadagi fotosuratlarni ketma-ket ochish, suratga olish, qo‘ng‘iroqlarga javob berish, budilnikni o‘chirish mumkin. Foydalanishda bu katta qulaylik tug‘diradi. Uning bu funksiyalarini o‘chirib qo‘yish ham mumkin.

Foydalanish sifati va qulayligi bo‘yicha e’tiroz yo‘q: detallar pishiq-puxta joylashgan, korpus mustahkam va sifatli yig‘ilgan. Yagona kichik kamchilik — bu sirpanchiq korpus. Ammo, bu aksariyat smartfonlarda uchraydigan jihat.

Ekran

P8 lite 2017 smartfonida 5,2 dyuymli, IPS matritsali Full HD, ya’ni 1920x1080 pikselli displey o‘rnatilgan. Displey ustidan yon tomonga bukilgan, ya’ni 2,5D effektiga ega himoya shishasi qoplangan. Displey bilan bog‘liq kichik bir kamchilik — bu unda dog‘-dug‘ga qarshi plyonkaning mavjud emasligi. Natijada, barmoq tegishi bilan ekran o‘ziga izlarni qoldira boshlaydi. Bu esa uning ko‘rinishiga ta’sir qilib, foydalanishda noqulaylik tug‘diradi.

Ekranda rang-tasvirning aks etish sifati yuqori. Ekran markazi va chekkasida rang-tasvirning yetkazilishi bir xildi — yaxshi. Matritsa yorug‘likni yuqori diapazonda uzatadi. Ekran yorug‘ligini avtomatik ravishda sozlaydigan sensor samarali ishlaydi.

To‘g‘ri, oddiy foydalanuvchining ko‘ziga tashlanmas kamchiliklari bor, biroq umumiy olganda displey tabiiy rang uzatish qobiliyatiga ega. Sozlamalar orqali rang haroratini mustaqil belgilash mumkin. «Ko‘zni himoyalash» rejimi ekrandagi ko‘k tus omilini kamaytiradi.

Apparat platformasi va akkumulyator imkoniyatlari

Smartfon kompaniyaning shaxsiy HiSilicon Kirin 655 protsessori bazasida yaratilgan. Uning 8 ta Cortex-A53 yadroisi mavjud. Smartfonda grafik-tasvirni qayta ishlaydigan Mali-830MP2 video-kartasi o‘rnatilgan. Platforma ma’lumotlarni 16 nanometrli texnologik jarayonda qayta ishlaydi.

HiSilicon Kirin 655 chipseti 2016 yilning so‘ngida taqdim qilingan bo‘lib, undagi 4 ta yadro 1,7 GGs va qolgan to‘rttasi (energiya tejaydigan) 2,1 GGs chastota tezligida ishlaydi.

Misol uchun, GT3 va GR5 2017 devayslari Kirin 655’dan eskiroq Kirin 650 chipida ishlaydi va ularning samarali ishlashi bo‘yicha ommaviy norozilik ko‘zga tashlanmagan. Yangi protsessor yadrolarining chastota tezligi esa undan 100 MGs tezroq.

Shuningdek, qo‘shimcha yordamchi protsessor ham bo‘lib, u foydalanuvchining qadamini hisoblaydi, shuningdek fon rejimida musiqaning yangrashini ta’minlaydi. P8 lite telefonida 3 gigabaytli tezkor xotira, 16 GB doimiy (9,54 gigabayti foydalanuvchi uchun) xotira o‘rnatilgan. Undagi 2 ta bo‘lmachali NanoSIM-kartaning o‘rniga qo‘shimcha xotira kartasini ham o‘rnatish mumkin.

Odatiy foydalanganda apparat platformasi uzluksiz va uzilishlarsiz ishlaydi. Ayniqsa, Android 7.0’ning o‘zlashtirilgan talqinida smartfon yanada oson va qiyinchiliksiz ishlaydi.

Huawei kompaniyasi P8 Lite’ni o‘rtacha sig‘imli akkumulyator bilan “siylagan” — 3000 mA soatli batareya o‘rtacha foydalanganda uni 2 kun davomida quvvat bilan ta’minlaydi.

Kameralar imkoniyatlari

Huawei P8 Lite’ning bosh kamerasi 12 megapikselli sensor, f/2.2 diafragmali 5 turdagi optik linzaga ega ob’yektiv asosiga yaratilgan. Smartfon sensorining piksellar miqdori oshgani (1,25 mkm) hamda avtofokusning oshgani bilan o‘ziga xosdir.

Bosh kamera olgan suratlar sifati yaxshi. Hamyonbop kamerafonlar orasida P8 Lite bu borada o‘zini oqlaydi. Bino ichida yoki kechki sharoitda ham yaxshi kadr olsa bo‘ladi.

Old kamera moduli 8 Mp (f/2.0, piksel o‘lchami — 1,4 mkm) bo‘lib, uning suratga olishi ham yomon emas. Ayniqsa, old kameraning oq tus balansini to‘g‘ri belglay olishi — suratda qiyofaning tabiiy ko‘rinishda aks etishi, detallarning yorqin muhrlanishiga xizmat qiladi.

Quyidagi suratlarda Huawei P8 Lite kameralarining imkoniyatlariga o‘zingi guvoh bo‘ling.

HDR rejimidan tashqari, smartfonda «Yorug‘lik» va boshqa rejimlar ham mavjud.

Umuman olganda, Huawei P8 Lite kameralari foydalanuvchini xursand qiladi. Unda olingan suratlarni undan qimmatroq turadigan GR5 2017 smartfonida olingan fotosuratlar bilan taqqoslash ham mumkin. Faqat “qahramonimiz”da maxsus — surat  qa’rini yanada yorqinlashtiradigan alohida modul mavjud emas.

Multimedia

Smartfondagi multimedia imkoniyatlari to‘g‘risida uzoq gapirishga hojayt yo‘q: P8 lite dinamigi odatiy karnaylardan farq qilmaydi, ovoz xirrillab qolmaydi, quloqni charchatmaydi. Suhbat dinamigida ham ovoz toza jarang sochadi.

Audio quloqchinlarda musiqaning eshitilishi o‘rtachadan bir oz past. ammo, «garnitura uchun SWS effekti» degan rejimdan foydalanilsa, musiqani sifatli va keng sig‘imda tinglash mumkin.

 

Dasturiy platforma

P8 lite 2017 Android 7.0 operatsion tizimida firmaning yangi — EMUI 5.0 proshivkasiga ega bo‘ldi. Hamyonbop smartfonlar orasida Nougat’da ishlaydigan gadjetlar u qadar ko‘p emas.

Bu platformadagi eng muhim jihat — “sms”larga ogohlantirishlar panelining o‘zidan turib javob berish imkonidir.

Huawei EMUI 5.0 yangicha dizaynda yaratilgan bo‘lib, ilovalardan iborat alohida menyularni tashkil qilish imkoniyati mavjud.

Oval shaklidagi klavishlarning ishlashi tezkor va ular barmoq zarbiga ko‘ra, amallarni bajaradi. Kompaniyaning e’lon qilishicha, smartfon dasturiy tizimidagi aksariyat amallarni endi klavishlarni 2-3 marta bosishda bajarish mumkin. Bu — eng katta qulayliklardan biri.

Xulosa

Huawei P8 lite 2017 qo‘lda salobat bilan turadigan jozibador dizayni, qadoqdayoq Android 7.0 ilg‘or operatsion tizim, tezkor barmoq izlari skaneri, sifatli ekran namoyishi hamda yaxshi bosh va old kameralarga egaligi, shuningdek jahon tan olgan Huawei tomonidan yaratilgan hamyonbop.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2.1 млн сўм Sotib olish
olx.uz $230 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!