Huawei romdan butunlay xoli smartfonni tayyorlamoqda

Huawei romdan butunlay xoli smartfonni tayyorlamoqda

Huawei’ning Itse’molchilar bilan ishlash bo‘linmasi direktori Yu Chendun kompaniya ekran atrofi romdan butunlay xoli bo‘lgan smartfon tayyorlayotgani to‘g‘risida ma’lumot bedi.

2016 yil yakunida Huawei Honor Magic telefon apparatini e’lon qilgan edi. Mazkur smartfon displeyining yonlari ramkasiz dizaynda ishlangan va ekran ikki yonga qayrilgan ko‘rinishda. Diagonali 5,09 dyuym bo‘lgan ekran QHD sig‘imli (2560 × 1440 pikselli).

Ma’lum qilinishicha, loyihalashtirilayotgan yangi smartfon displeyining nafaqat yon tomonlari, balki yuqori va quyi qismi ham ramkasiz bo‘ladi. Kompaniya smartfon old paneli faqatgina ekrandan iborat bo‘lishini aytmoqda. Huawei foydalanuvchilar interfeysini qayta ishlash, jumladan uni batamom ramkasiz ekranga moslashtirish ustida bosh qotirmoqda. Hozircha bu mobil aloqa vositasining namoyish vaqti xususida hech nima deyilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda Huawei smartfon bozorida 139 million dona smartfon sotgan. Garchi, bu 2015 yilda 108 mln dona smartfon sotgan kompaniya uchun rekord natija bo‘lsa ham, uning xalqaro smartfon bozoridagi ulushi kompaniya kutganchalik bo‘lmadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!