Huawei selfi-kamerasi 20 MP, bosh kamerasi qo‘sh modulli smartfon taqdim qildi

Huawei selfi-kamerasi 20 MP, bosh kamerasi qo‘sh modulli smartfon taqdim qildi

Huawei kompaniyasi qo‘sh ob’yektivli bosh kamerali va old kamerasi 20 MP bo‘lgan Nova 2 hamda Nova 2 plus smartfonlarini taqdim qildi.

Huawei Nova 2 smartfoni 5 dyuymli, full HD (1920 x 1080 pikselli) sig‘imli va 2.5D effektiga ega qayrilma displeyga ega. Unga 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira, 128 GB.gacha fleshkani qo‘llab-quvvatlaydigan microSD bo‘lmachasi o‘rnatilgan. Bu bo‘lmacha gibrid, ya’ni unga yoki sim-karta yoki fleshka qo‘yish kerak.
Huawei Nova 2 2950 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Huawei Nova 2 Plus esa 5.5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli), 2.5D effektiga ega displey bilan ta’minlangan. Uning tezkor xotirasi 4 GB, doimiy xotirasi 128 GB, shuningdek 128 gigabaytli qo‘shimcha xotirani o‘qiydigan microSD bo‘lmachasi ham mavjud.
Huawei Nova 2 Plus 3340 mA soatlik akkumulyatorga ega.

O‘lchamlari: 153.9×74.9×6.9 mm, vazni — 169 gramm.

Huawei Nova 2 hamda Nova 2 Plus gadjetlaridagi qo‘sh ob’yektivli bosh kameralarning biriga 12 megapikselli, ikkinchisiga 8 MP modul o‘rnatilgan. Old kamera sig‘imi esa 20 megapiksel.

Mobil aloqa vositalari Kirin 659 protsessori hamda MaliT830-MP2 videokartasi platformasida ishlaydi. Yana bir o‘ziga xosligi — devayslarda sifatli 3D uslubda taraluvchi ovozga mas’ul alohida AK4376 audio chipi o‘rnatilgan.

Smartfonlar Android 7.0 (Nougat)’ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1H talqinida ishlaydi, 4G LTE, WiFi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.2, GPS / Glonass kabi aloqa tarmoqlarida ishlaydi. Korpusda universal USB Type-C porti, barmoq izlari skaneri, mavjud.

Huawei Nova 2 df Nova 2 Plus ko‘k, och yashil, tilla rang, qora va och pushti rangdagi korpusda ishlab chiqariladi. Smartfonlar 16 iyundan, Nova 2 $364, Nova 2 Plus $423 dollar bahosida sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!