Huawei suvdan qo‘rqmaydigan ilk planshetini chiqardi

  •   DiMaX
  •  985
  •  12.10.2017 12:32

Huawei suvdan qo‘rqmaydigan ilk planshetini chiqardi

Huawei kompaniyasi IP67 guvohnomasiga ega, ya’ni suvdan himoyalangan birinchi planshetini taqdim etdi. Bu model Honor WaterPlay deb nomlandi, deya xabar beradi GizmoChina.

Planshet diagonali 10,1 dyuymlik, sifati 1920x1200 pikselli QXGA-displey bilan jihozlangan. Uning barmoq izi skaneri «Uyga» tugmachasiga joylashtirilgan. Kamerasi 8 megapikselli, stereodinamiklari esa Histen 3D hamda harman / kardon texnologiyalariga ega.

Honor WaterPlay’ning «yuragi» – Huawei’ning o‘z mahsuloti bo‘lmish sakkiz yadroli Kirin 659 protsessori. Qurilma tezkor va doimiy xotirasining hajmiga ko‘ra uch xil – 3/32, 3/64 va 4/64 gigabaytlik talqinlarda ishlab chiqariladi. Bulardan uchinchisi LTE-tarmoqni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha versiyalariga 256 gigabaytgacha hajmli microSD formatidagi xotira kartasini qo‘yish mumkin.

Gadjetning o‘lchamlari 248x173x7,8 millimetrni, vazni esa 465 grammni tashkil etadi. Akkumulyatorining sig‘imi – 6660 mA/soat.

Suvdan qo‘rqmaydigan bu planshet Huawei ishlanmasi – EMUI 5.1 qobig‘i ostidagi Android 7.0 Nougat operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Unda simsiz aloqaning Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 4.1 LE hamda GPS interfeyslari ko‘zda tutilgan. Devays USB Type-C porti hamda 3,5 millimetrlik audiotirqish bilan ham jihozlangan.

Huawei Honor WaterPlay tillarang va kumushrang variantlarda taqdim etilmoqda. Uning narxlari – konfiguratsiyasiga qarab 303 dan 410 AQSh dollarigacha ekvivalentida. Gadjet 24 oktyabrdan Xitoyda savdoga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!