Huawei yana bir hamyonbop smartfon taqdim qildi

Huawei yana bir hamyonbop smartfon taqdim qildi

Huawei kompaniyasi yaxshi ommalashgan P9 flagmanining hamyonbop talqinlarini tayyorlashda davom etadi. P9 lite'ning davomchisi bo‘lgan bu galgi smartfon o‘z dizaynini jahonning eng mashhur gadjetidan olgan. Uni ko‘pchilik iPhone 7'ga o‘xshatmoqda.

P9 lite mini – bu nisbatan arzon sinfga mansub, 2 ta sim-kartali smartfon. U P9 lite'dan bir oz kichik.

5,2 dyuymli, full HD-displeyli Huawei P9 lite'dan farqli ravishda, P9 lite mini 5 dyuymli HD sig‘imli displey bilan ta’minlangan. Smartfonga 4 yadroli Snapdragon 425 chipi, 2 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy xotira, tok sig‘imi 3,020 mA*soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan.

Bosh kamera avvalgi talqinlar bilan bir xil – 13 megapikselli, selfi-kamera pikseli 3 pog‘ona pastlagan -- 5 megapikselli.

Xitoylik ishlab chiqaruvchi gadjetning sentyabrdan 225 AQSh dollaridan sotilishini rasman ma’lum qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!